$
 12998.91
13.9
 13439.57
154.61
 131.29
1.45
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘tgan yilda mansabdor shaxslarning qarorlari ustidan 6 991 ta shikoyat ishi ko‘rib chiqilgan

sud

2024-yilda ma’muriy sudlar tomonidan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan 15 373 ta ish ko‘rib chiqildi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar bermoqda.

Hokim qaroridan norozilik holatlari

Sudlar natijasida, 6 338 ta fuqaro va yuridik shaxslarning huquqlari tiklandi. 

Hisobot davrida ma’muriy va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, mansabdor shaxslarining qarorlari ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi 6 991 ta ish ko‘rib chiqildi. 

Hokim qarorini haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq ko‘rib tamomlangan ishlar soni 2 720 tani tashkil qilib, shundan jismoniy va yuridik shaxslarning 933 ta arizasi qanoatlantirilgan.

Instansiya sudlari

Shuningdek, viloyat va unga tenglashtirilgan ma’muriy sudlar tomonidan apellyatsiya tartibida 3 174 ta ish ko‘rib chiqildi. Birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 385 ta qaror bekor qilinib, 14 ta qaror o‘zgartirildi. Kassatsiya tartibida 1 208 ta ish ko‘rib chiqildi. 

Birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 130 ta qaror bekor qilinib, 4 ta qaror o‘zgartirildi. Taftish tartibida 1 649 ta ish ko‘rib chiqildi. 

Quyi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 141 ta qaror bekor qilinib, 2 ta qaror o‘zgartirildi.

Taftish tartibida o‘rganilgan shikoyatlar

Oliy sudning Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan taftish tartibida 2 132 ta shikoyat va protest o‘rganib chiqilib, shundan 309 tasi ish materiallari asosida ko‘rib chiqildi. 

Natijada quyi sudlar tomonidan chiqarilgan qarorlarning 95 tasi bekor qilindi.