$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

2024-yilda tadbirkorlik subyektlariga qanday ko‘mak berildi?

subyekt

2024-yil davomida tadbirkorlik subyektlariga qaratilgan qo‘llab-quvvatlash choralari samaradorlikning yuqori darajasini namoyish etdi. Kafillikdan kompensatsiyaga, ulush kiritishdan qayta moliyalashtirishgacha bo‘lgan keng qamrovli xizmatlar orqali mamlakat bo‘ylab tadbirkorlar o‘z faoliyatini kengaytirish va barqaror rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab 46 699 nafar tadbirkorlik subyekti ushbu yordam dasturlaridan foydalangan.

50 998 ta loyiha uchun 17 trillion 762 milliard so‘m miqdorida xizmatlar

Tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash borasida davlat tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida 2024-yilda muhim natijalar qayd etildi. Jami 50 998 ta loyiha uchun 17 trillion 762 milliard so‘m miqdorida xizmatlar ko‘rsatildi.  

Kafillik va kompensatsiya

Kafillik bo‘yicha 13 646 ta loyiha uchun 26 trillion 958 milliard so‘mlik kredit ajratilib, 10 trillion 530 milliard so‘mlik kafillik berildi. Shuningdek, kompensatsiya dasturi doirasida 33 555 ta loyiha uchun 49 trillion 479 milliard so‘mlik kreditga 6 trillion 662 milliard so‘mlik kompensatsiya shartnomasi tuzildi.  

Ipotekadan ulush kiritishgacha

Xizmatlar ipotekasi asosida 57,9 milliard so‘mlik 10 ta loyiha bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, ulushdorlik asosida yana 5,6 milliard so‘mlik loyihalar qo‘llab-quvvatlandi. 

Yangi ish o‘rinlari va tadbirkor ayollar soni ortmoqda

Qo‘llab-quvvatlash natijasida 2024-yilda 382 744 ta yangi ish o‘rni tashkil etildi, bu esa aholining ish bilan ta’minlanish darajasini oshirdi. Tadbirkor ayollarning faol ishtiroki ham e’tiborga molik – ularning soni 5 962 nafarni tashkil etdi.

Теги :
Jamiyat