$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Uy-joy olish uchun subsidiyaga arizalarni qabul qilish boshlanadi

Uycha

My.gov.uz portali orqali uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun subsidiya ajratishga doir xizmat yangi maqsadli koʻrsatkichlar asosida qayta ishga tushirilgani maʼlum qilindi. Endi Toshkent shahri, viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab uy-joy sotib olishga ipoteka krediti uchun davlat subsidiyasini olish mumkin.

Subsidiya olish uchun qanday murojaat qilinadi?

my.gov.uz portaliga kiriladi, «Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olishga ariza berish» xizmati tanlanadi, Arizani to‘ldiriladi. Arizani shu yilning 1-noyabrigacha my.gov.uz portali orqali yuborish mumkin.

Arizalar qachongacha qabul qilinadi?


Farmonga muvofiq, dastur doirasida subsidiyalar to‘lashning amaldagi tartibiga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilgan. Xususan, subsidiyalar ajratish yuzasidan arizalar tasdiqlangan parametrlar doirasida 2024- yilning 15-mayidan 1-noyabriga qadar qabul qilinadi.

12 foiz

2024-yilgi Dastur doirasida ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – 12 foizdan oshgan qismiga, 2025-yil va undan keyingi yillar dasturlari doirasidagi kreditlar bo‘yicha esa – Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshgan qismiga to‘lanadi. Birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – 2024-yilgi Dasturdan boshlab qat’iy belgilangan 30 million so‘m miqdorida to‘lanadi.

Mablag‘ miqdori qancha?

Farmonga ko‘ra, ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish uchun jami 10,9 trln. so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi ko‘rsatilgan. Bitta ipoteka uchun Qayta moliyalashtirishning eng ko‘p summasi Toshkent shahrida 420 mln. so‘m, hududlarda 330 mln. so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Kimlarga beriladi?

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, subsidiya uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj, kam ta’minlangan oilalarga beriladi. 18 yoshdan oshgan fuqarolar subsidiya olish uchun murojaat qilishlari mumkin. Subsidiyalar qishloqlarda yashovchilarning rasmiy daromadi 6 mln 762 ming so‘mgacha, Toshkent shahrida esa daromadi 9 mln 660 ming so‘mgacha bo‘lgan fuqarolarga ajratiladi.