$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Ipoteka subsidiyalaridan eng ko‘p foydalangan viloyatlar nomi e’lon qilindi

subsidiya

Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilda O‘zbekiston fuqarolariga ipoteka kreditlari bo‘yicha jami 1,4 trillion so‘mlik subsidiyalar to‘langan. Ushbu mablag‘larning katta qismi uy-joy sotib olishda boshlang‘ich badallarni qoplash va ipoteka kreditlari foizlarini qoplash uchun yo‘naltirilgan

Eng ko‘p subsidiyadan foydalangan hududlar

1. Samarqand viloyati

  - Subsidiyalar soni: 10 962  

  - Subsidiyalar summasi: 193,9 mlrd. so‘m  

  - Respublika ulushi: 13,8%  

2. Andijon viloyati

  - Subsidiyalar soni: 8 883  

  - Subsidiyalar summasi: 157,7 mlrd. so‘m  

  - Respublika ulushi: 11,2%  

3. Farg‘ona viloyati

  - Subsidiyalar soni: 8 726  

  - Subsidiyalar summasi: 147,4 mlrd. so‘m  

  - Respublika ulushi: 10,5%  

Eng kam subsidiyadan foydalangan hududlar

1. Sirdaryo viloyati 

  - Subsidiyalar soni: 1 446  

  - Subsidiyalar summasi: 26,2 mlrd. so‘m  

  - Respublika ulushi: 1,9%  

2. Toshkent viloyati

  - Subsidiyalar soni: 3 090  

  - Subsidiyalar summasi: 56,6 mlrd. so‘m  

  - Respublika ulushi: 4%  

3. Navoiy viloyati

  - Subsidiyalar soni: 3 734  

  - Subsidiyalar summasi: 66,9 mlrd. so‘m  

  - Respublika ulushi: 4,7%  

Respublika bo‘yicha umumiy raqamlar

 Subsidiyalarning umumiy summasi: 1 409,9 mlrd. so‘m  

Uy-joy sotib olishda boshlang‘ich badal uchun:  

  - Subsidiyalar soni: 14 430  

  - Subsidiyalar summasi: 437,9 mlrd. so‘m  

Ipoteka kreditlari bo‘yicha foiz to‘lovlarini qoplash uchun:  

  - Subsidiyalar soni: 64 807  

  - Subsidiyalar summasi: 972 mlrd. so‘m

Теги :
Jamiyat