$
 12928.27
18.47
 13462.21
46.35
 129.66
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Ijtimoiy stress miya neyronlarini qaritadi

stress

Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatyaptiki, ijtimoiy stress miya neyronlari qarishiga olib keladi. Tadqiqotlar natijasida shu ma’lum bo‘ldiki, olimlar stress turli kasalliklarning paydo bo‘lishiga va yosh insonlarda ham qarilikka xos xastaliklar rivojlanishi sabab bo‘ladi deya hisoblashmoqda.

Miya neyronlari uchun jiddiy xavf

Ijtimoiy stress — masalan, rahbar bilan uchrashishdan qo‘rqish, hamkasblar bilan tortishuv yoki yangi jamoaga moslashishga urinish miya neyronlari uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Bu stress neyronlarni hujayra darajasida “qaritib”, organizmga zarar yetkazadigan kasalliklar rivojlanishiga olib keladi.

Shuningdek, qariy boshlagan hujayralar faqat miya bilan cheklanib qolmaydi. Ular butun organizm bo‘ylab tarqaladi va yallig‘lanish jarayonlarini kuchaytiradi. Bu esa turli kasalliklarning paydo bo‘lishiga olib keladi, hatto yosh insonlarda ham qarilikka xos xastaliklar rivojlanishi mumkin.

Tezkor temp ko‘pchilikni doimiy stress holatiga tushiradi

Zamonaviy hayotdagi yuqori ishbilarmonlik va tezkor temp ko‘pchilikni doimiy stress holatiga tushiradi. Bu nafaqat ruhiy, balki jismoniy salomatlikka ham salbiy ta’sir qiladi. Shuning uchun, sog‘liqqa e’tibor qaratish va stressni kamaytirish uchun harakat qilish juda muhim.

Psixologik barqarorlikni saqlash, mashq qilish, kundalik uyquni yaxshilash va zarur hollarda mutaxassislarga murojaat qilish kabi choralar organizmning stressga chidamliligini oshiradi.