$
 12855.93
11.93
 13570.72
20.3
 128.16
-0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

Qo‘rqinchli filmlar stressdan qutqaradi

qo

Olimlar qo‘rqinchli filmlar ko‘rish nafaqat hayajon va adrenalin berishi, balki stressni yengishga ham yordam berishi mumkin deb hisoblashmoqda.

“Asablarni chiniqtiruvchi mashq”

Ma’lum bo‘lishicha, filmni tomosha qilish jarayonida adrenalin va kortizol miqdori oshadi. Bu gormonlar tanadagi yig‘ilgan nerv kuchlanishini chiqarish va ichki qo‘rquvlar bilan kurashishda yordam beradi.

Qo‘rqinchli sahnalar insonni vaqtincha qo‘rqitadi, lekin bu qo‘rquv uyda yoki xavfsiz muhitda sodir bo‘lgani uchun miya uni “haqiqiy xavf” deb qabul qilmaydi. Natijada stress gormonlari chiqib ketadi va tomoshabin yengillik his qiladi. Bu jarayon xuddi stressni chiqarish uchun mo‘ljallangan jismoniy mashqlarga o‘xshaydi.

Ayrim psixologlar qo‘rqinchli filmlarni “asablarni chiniqtiruvchi mashq” ekanligini ta’kidlashadi. Qo‘rqinchli voqealarga moslashish va ularga ko‘nikish insonni hayotdagi haqiqiy qiyinchiliklarga tayyorlaydi. Bu o‘z navbatida emotsional barqarorlikni oshiradi.

Bu usul hammaga ham birdek foyda bermasligi mumkin

Biroq hamma ham qo‘rqinchli filmlar ko‘rishdan zavq olmasligini unutmaslik kerak. Agar bunday filmlar sizni ortiqcha tashvishlantirsa yoki qo‘rquv uyg‘onishiga sabab bo‘lsa, bu usul siz uchun mos emasligini anglatadi.

Shunga qaramay, vaqti-vaqti bilan turli xil janrdagi filmlarni tomosha qilish barobarida qo‘rqinchli filmlar ko‘rib turish ham foydadan xoli bo‘lmaydi.