$
 12815.13
12.07
 13898.01
-4.83
 133.20
1.36
weather
+26
Кечаси   +14°

Stomatologiya instituti Turkiya universiteti bilan hamkorlik qiladi

stomatologiya-10-21

Joriy yilning 17—20-oktyabr kunlari Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori N. Haydarov boshchiligidagi delegatsiya Turkiyada bo‘lib qaytdi. 

Oliy ta’lim muassasalari ishchi guruhlari oldidagi muhim vazifalar

Ma’lum bo‘lishicha, safar davomida Eskishahar Osmangazi universiteti rektori K.Cholak va Craniocatch Medikal Diş Sanayi ve Ticaret A.Ş. kompaniyasi direktori I.Bayroqdor bilan uchrashuv o‘tkazilgan. Muloqot davomida sun’iy intellektning tibbiyotda qo‘llanishi va bunday tizimlarni yaratishda sun’iy neyron tarmoqlar texnologiyasi afzalliklarini o‘rganish, davolovchi shifokorlarga tezkor tashxislash qarorlarini qabul qilishga yordam berish, sohada kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlar asosida innovatsion texnologiyalar imkoniyatlaridan oqilona foydalanish kabi masalalar ikki oliy ta’lim muassasalari ishchi guruhlari oldidagi muhim vazifalar sifatida belgilab olinadi.

Hamkorlik shartnomasi 

Uchrashuv so‘ngida sun’iy intellekt texnologiyalarini tibbiy ta’lim, xususan, davolash va ilmiy-tadqiqot faoliyatiga tatbiq etish yuzasidan hamkorlik shartnomasi imzolandi. Ma’lumot o‘rnida, Eskishahar Osmangazi universiteti 1970-yilda tashkil etilgan bo‘lib, muassasaning 13 ta fakultetida 35 ming nafardan ortiq talaba tahsil oladi.