$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Oʻzbekistonda har 100 ta uy xoʻjaligiga nechta telefon toʻgʻri keladi?

telefon

Har 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan mobil telefonlar soni o‘rtacha 365 tani tashkil qilmoqda. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Bu qanday aniqlandi?

Statistika agentligining 2024-yil yanvar–sentyabr oylarida o‘tkazilgan uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari maʼlumotlariga asosan, O‘zbekiston Respublikasida 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan mobil telefonlar soni o‘rtacha 365 tani tashkil etgan.

Oʻtgan yillarda qancha?

Maʼlumot uchun ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yillarda quyidagicha:

2010-yilda 145 ta;

2015-yilda 234 ta;

2020-yilda 287 ta.

Mobil aloqa bilan taʼminlanganlar nechta?

Eslatib oʻtamiz, avvalroq O‘zbekistonda mobil aloqadan qancha aholi foydalanishi to‘g‘risida ma’lumot berilgan edi.

Statistika agentligi xabariga ko‘ra, 2024-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda mobil aloqa bilan ta’minlangan abonentlar soni qariyb 34,2 mln. nafarga yetgan. Shundan 28,8 mln. nafari aholida qayd etilgan. Aholining mobil aloqa bilan ta’minlanganligi har 100 kishi hisobiga 79 birlikni tashkil etdi. Bu raqam 2020-yilda 69 birlikni, 2021- yilda 71 birlikni, 2022-yilda 73 birlikni tashkil qilgan. 

2022-yil 1-oktyabr holatiga O‘zbekistonda mobil aloqa bilan ta’minlangan abonentlar soni 30 mln. 955,8 ming nafarni tashkil etgandi.