$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistondagi Statistika agentligi faoliyati xalqaro standartlarga mos keladimi?

statistics

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-114-son qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, joriy yilning avgust oyida Statistika agentligi markaziy apparatida “Central Asia Certification” sertifikatlash tashkilotining xalqaro auditorlari tomonidan Agentlik faoliyatining xalqaro standartlarga muvofiqligi yuzasidan xalqaro sertifikatlash auditi o‘tkazildi.

Statistika agentligi xalqaro sertifikatsiya jarayonidan muvaffaqiyatli o‘tdi

Audit yakunlari bo‘yicha sentyabr oyida xalqaro sertifikatni taqdim etilishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Buning natijasida, Statistika agentligining statistika faoliyati, shu jumladan, rasmiy statistikani tayyorlash va tarqatish faoliyati “ISO 9001:2015 sifat menejmenti tizimi” xalqaro sertifikatsiya jarayonidan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Shu munosabat bilan, MDHning II Xalqaro Statistika forumining yakunida Statistika agentligida sifat menejmenti tizimini joriy qilganligi bo‘yicha ISO 9001 xalqaro sertifikatini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

“ISO 9001:2015 sifat menejmenti tizimi” haqida

Sertifikatni TÜV AUSTRIA Group xalqaro sertifikatlash tashkilotining vakolatxonasi “Central Asia Certification” MCHJ direktori tantanali ravishda Statistika agentligi direktoriga topshirdi. Ma’lumot uchun, “ISO 9001:2015 sifat menejmenti tizimi” dunyodagi eng mashhur xalqaro standart bo‘lib, dunyo bo‘ylab 180 mamlakatlardagi milliondan ortiq tashkilotlar sertifikatlashtirgan.