$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Osiyo o‘yinlari uchun Olimpiya shaharchasini jihozlash boshlandi

Olimpiya shaharchasi

Toshkent 2025-yilda IV Yoshlar Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi. Osiyo o‘yinlari uchun barpo etilayotgan Olimpiya shaharchasida qurilish ishlari jadal davom etmoqda. Sport vaziri Adham Ikromov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Qosimov va Qo‘mita raisi o‘rinbosari Azizjon Komilov qurilish ishlarini ko‘zdan kechirishdi, deya xabar bermoqda MOQ Matbuot xizmati.

Mas’ullar qurilish ishlari bilan tanishdi

O‘rganish davomida mutasaddilar obyektlarning bugungi kundagi holati bilan yaqindan tanishishgan. Ularga jarayon uchun mas’ul mutaxassislar bu borada olib borilayotgan ishlar haqida to‘liq ma’lumot berishadi. Qayd etilishicha, hozirgi kunga kelib, metall konstruksiya ishlari allaqachon yakunlangan bo‘lib, obyektlarning tashqi qismini yopish jarayoni ketmoqda. Quruvchilar har bir detalga alohida ahamiyat qaratilayotgani, foydalanilayotgan mahsulotlarning aksariyati pishiq materiallardan tayyorlanayotganini qo‘shimcha qilishdi. Suhbat davomida o‘yinlardan keyin obyektlardan samarali foydalanish masalasi ham yana bir karra ko‘rib chiqilgan. Rasmiylar o‘rganish chog‘ida ish samaradorligini oshirish borasida kerakli tavsiyalarni berib o‘tishadi.

Olimpiya shaharchasi haqida

Ushbu loyihaning qiymati 289 million dollardan ziyod. Shaharcha maydoni 100 gektar. Bu yerda 10 ming o‘rinli yengil atletika va futbol stadioni, 6 ta yopiq va 7 ta ochiq sport inshootlari, suv sporti saroyi, velotrek, yakkakurash, jamoaviy sport majmualari barpo etilishi rejalashtirilgan. Shaharcha poytaxtimizning Yashnobod tumanida 160 gektar maydonda qad rostlamoqda.