$
 12739.95
7.39
 14191.03
9.5
 139.14
-0.23
weather
+26
Кечаси   +14°

2025/2026-o‘quv yilidan Sport akademiyasi tashkil etiladi

sport

Prezident, sport uchun ham alohida akademiya tashkil qilinishi haqida qaror qabul qildi.

2025-yildan yangi akademiya ochiladi

Davlat rahbarining “O‘zbekiston davlat sport akademiyasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori (PQ-197-son, 28.05.2024 y.) qabul qilindi. Unga ko‘ra, Oliy sport mahorati instituti negizida yangi sport akademiyasi ochiladi. Bu haqda Bosh prokuratura o‘z Telegram kanalida e’lon qildi. Akademiya 2025/2026-yilgi o‘quv mavsumidan ishga tushadi.

Akademiya tarkibi

Akademiya ichiga hozirda mavjud bo‘lgan ba’zi institutlar qo‘shiladi. Jumladan, jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti; jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda uning tegishli filiallari.

Akademiya vazifalari

Sport sohasida natijalari yuqori bo‘lgan davlatlarning yetakchi oliy sport-ta’lim tashkilotlari tajribasi asosida zamonaviy kadrlarni tayyorlash, Akademiyaning asosiy vazifalari sifatiga kiritildi.

Akademiyadagi boshqa tuzilmalar

Akademiya huzurida davlat sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi tashkil etiladi. Davlat sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi sport tibbiyoti sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi, sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoalari a’zolarini tibbiy jihatdan musobaqalarga tayyorlashni tashkil qiluvchi davlat tibbiyot muassasasi hisoblanadi. Undan tashqari, Akademiya ichida maxsus axborot-kutubxona hamda xorijiy tillarni o‘qitish markazi ham bo‘lishi aytilmoqda.