$
 12831.81
-25.54
 14606.45
-66.36
 163.75
0.3
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

2024-yilda qanday mahsulotlar eng koʻp soxtalashtirildi?

soxta

Adliya vazirligi 2024-yil 9 oylikda intellektual mulk sohasi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi.

Xorijiy davlatlarda tovar belgisi sifatida ro‘yxatga olingan milliy brendlar

Hisobotga ko‘ra, milliy brendlar umumiy sonda 106 ta xorijiy davlatlarda tovar belgisi sifatida ro‘yxatga olingan bo‘lib, eng ko‘p quyidagi davlatlarda ro‘yxatdan o‘tgan:

Qozog’iston – 290 ta,

Qirg’iziston – 176 ta,

Rossiya Federatsiyasi – 166 ta,

Tojikiston – 133 ta,

Ukraina – 97 ta.

Shuningdek, joriy yilning yanvar–sentyabr oylarida 300 tadan ortiq milliy brendlar xorijda tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan, 340 dan ortiq xorijiy brendlar esa tovar belgisi sifatida ro‘yxatga olingan.

Aniqlangan kontrafakt mahsulotlar va nusxalarning turlari

Aniqlangan kontrafakt mahsulotlar va nusxalarning 38 %i oziq-ovqat mahsulotlariga, 23 %i boshqa turdagi mahsulotlarga, 16 %i gigiyena mahsulotlariga, 9%i farmatsevtika mahsulotlariga, 9 %i mualliflik va turdosh huquqlarga hamda 5%i alkogol mahsulotlari hissasiga to‘g’ri keladi.

Ma’lumot uchun, qo‘llanilgan ta’sir choralari natijasida “SABER”, “UZUM”, “HUGO BOSS”, “MAGNE B6”, “IMUDON”, “SMEKTA”, kabi Tovar belgilaridan qonunga xilof ravishda foydalanish holatlari bartaraf etildi.

Intellektual mulk huquqini himoya qilish doirasida:

Marhum san’atkor Sherali Jo‘rayev, shoir Shamsiddin To‘rayev, taniqli filolog olima Nargiza Erkaboyeva, bastakorlar Abdurauf Olimov va Shamsiddin Xalmuratovlar, journalist va fotograf M. Kozlova, turkiyalik ijrochilar Mahsum Kirmizigul, Gunes Gokhan, Hossoz Burayning mualliflik huquqlarini buzgan shaxslarga nisbatan tegishli huquqiy ta’sir choralari qo‘llanildi. Shu bilan birga, “TELERADIOKOMPANIYA ZO‘R” MCHJ, “Zukko Kitobxon” MCHJlarning mualliflik huquqi va turdosh huquqlari himoya qilindi.

Kontrafakt o‘zi nima?

Kontrafakt - bu huquq egasining tovar belgisiga bo‘lgan huquqlarini buzish hisoblanib, iste’molchini adashtirish darajasida tovar nomini o‘zgartirish sanaladi. Kontrafakt barcha mahsulotlar orasida mavjud. Sababi nohalol tadbirkor oson daromad ko‘rish uchun ko‘p yillik tajribaga ega, xaridorlar ishonchini qozongan va bozorda o‘z o‘rnini topgan tovar nomiga o‘xshatib mahsulot chiqaradi. Аfsuski xaridorlar har doim ham sotib olayotgan tovarlari nomlanishi to‘g‘ri yozilganiga, ishlab chiqaruvchisi haqida ma’lumotlar to‘liq ekaniga e’tibor berishmaydi va aldanib qolishadi. Ko‘pincha kontrafakt mahsulot sifati past bo‘lgani uchun uning “umri” qisqa bo‘ladi va xaridor bir bor adashgan mahsulotni qaytib sotib olmaydi. Bu esa nohalol “tadbirkor”ning boshqa turdagi kontrafakt mahsulot chiqarishiga sabab bo‘ladi. Bu jarayon unga qonuniy chora ko‘rilmaguncha nihoyasizdir.

Kontrafakt mahsulotlarning biznesga ta’siri

Kontrafakt mahsulotlar makon tanlamas bo‘lib, bu muammo bilan barcha mamlakatlar kurash olib boradi. Chunki kontrafakt mahsulot savdosi mamlakat iqtisodiyotiga zarar keltirib, nohalol raqobat oqibatida yirik tadbirkorlarning tovar aylanmasi keskin tushib ketadi va ishchilarga oylik, davlatga soliq to‘lash qobiliyatini asta-sekin yo‘qotadi. Passiv daromad esa kompaniyalarning ish o‘rnini qisqartirishga yoki butunlay bankrot bo‘lishiga olib keladi. Buning ortidan ishsizlik kelib chiqadi.

Jahon iqtisodiyotiga ta’siri

Xalqaro savdo palatasining ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab kontrafakt mahsulotlar savdosi barcha xalqaro tovar savdosining 5-7 foizini tashkil qiladi. Kontrafakt mahsulotlar jahon iqtisodiyotiga yiliga taxminan 500 milliard AQSh dollari zarar keltiradi.

Keltirilgan zarar sohalar kesimida:

2020-yilda kontrafaktdan global yo‘qotish - 1.82 trln. AQSh dollarni tashkil etdi;

G20 davlatlari iqtisodiyotida yiliga kontrafakt mahsulotlar iste’moli tufayli o‘lim holati natijasida - 18 mlrd. $ zarar ko‘rildi;

Onlayn kontrafakt savdolari natijasida - 323 mlrd. AQSh dollar zarar ko‘rildi;

Tibbiyotda shikastlanishni davolovchi kontrafakt mahsulotlarga -125 mln. AQSh dollar sarflangan.

Kontrafakt mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarga jazo choralari kuchaytiriladi

Ma’lumot uchun, 2023-yilning iyun oyida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari kontrafakt va sifatsiz mahsulotlar muomalasining oldini olishga qaratilgan qonun loyihasini ma’qullagan edi.

Qonun loyihasida sanitariya va veterinariya qonunchiligini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun jazo chorasi og‘irlashtirilyapti.

Bundan tashqari, tadbirkorning tovar brendidan noqonuniy foydalangan holda, mahsulot ishlab chiqarib, realizatsiya qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirilib, tadbirkorlik subyektlarida o‘tkaziladigan tekshirishlar tartibi aniq belgilab berilmoqda.

Ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, kontrafakt va iste’molga yaroqsiz mahsulotlarning muomalasiga chek qo‘yish hamda ishlab chiqaruvchilar manfaatlarini, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, aholi salomatligini ta’minlashga xizmat qiladi.