$
 12584.05
12.15
 13535.40
69.64
 143.80
-0.03
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbek so‘mi qanday paydo bo‘lgan?

So

O‘zbek so‘mi — O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi hisoblanadi. O‘zbekiston 1991-yilda mustaqillikka erishgach, oradan 3 yil o‘tib muomalaga kiritilgan va ayni paytgacha o‘zgarmay kelayotgan milliy valyuta — so‘m respublikaning barcha hududida yagona to‘lov vositasi sifatida amal qilib kelmoqda. 

O‘zbek so‘mi tarixi

O‘zbekiston Respublikasi 1991-yil 31-avgustda mustaqillikka erishgani e’lon qilingach, mamlakatda sovet rubli pul birligi sifatida muomalada qolavergan edi. 1992-yilning yanvaridan iste’mol bozorini himoyalash va mahsulotlarni faqat O‘zbekiston fuqarolariga sotish uchun bir martalik kuponlar bosib chiqarilgan. 1993-yilning 15-noyabrida so‘m-kupon chiqarilganidan so‘ng 1 hafta o‘tib — 22-noyabrgacha gazeta qog‘ozida chop etilgan va tashkilotining muhri uriladigan kartochkasi qirqib olinuvchi bir martalik kuponlar amal qilgan.

Yangi bosqich

So‘m-kuponlar 9,5 oy muomalada bo‘lib, 1994-yilning 1-iyulidan boshlab O‘zbekistonning milliy valyutasi — so‘m muomalaga kiritilganidan so‘ng ham, 1994-yilning 1-avgustiga qadar amal qilgan. O‘zbekistonning amaldagi milliy valyutasi so‘m — O‘zbekiston Respublikasi Oliy kengashining 1993-yil 3-sentyabrdagi №952-XII qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 16-iyundagi PF-870 sonli farmoniga binoan, 1994-yilning 1-iyulida, o‘zigacha amalda bo‘lgan so‘m-kuponga 1:1000 nisbatda muomalaga kiritilgan. 

Pullar qayerda chop etiladi?

Hozirda muomalada bo‘lgan banknotlar 1 000 so‘mdan 200 000 so‘mgacha bo‘lgan nominal qiymatlarga ega bo‘lib, banknotlarning dizayni va xavfsizlik xususiyatlari muntazam ravishda yangilanib boriladi. Bundan tashqari, 1, 5, 10, 25, 50, 100 va 500 so‘mlik tangalar ham mavjud. Ular kundalik muomalada kamroq ishlatiladi. 1994 yilda muomalaga kiritilgan 100 so‘mgacha bo‘lgan jamiki qog‘oz pullar Germaniyaning «Giesecke & Devrient» firmasida chop etilgan. (Hozir bu yerda YeI valyutasi — yevro ham chop etiladi). 1997-yili muomalaga kiritilgan 200 so‘mlikdan boshlab, keyingi barcha kupyuralar Toshkentdagi «Davlat belgisi» DIChB davlat korxonasida bosilmoqda. 

Xavfsizlik 

Banknotlar turli xavfsizlik xususiyatlariga ega bo‘lib, ularning soxtalashtirilishini oldini olish uchun: Suv belgilari, keltirilgan chiziqlar, maxsus bosma texnologiyalari hamda gologrammalar joriy etilgan. 

Valyuta kursi va inflyatsiya

O‘zbekistonda inflyatsiya ko‘rsatkichlari so‘nggi yillarda sezilarli darajada o‘zgardi. Hukumat va Markaziy bank inflyatsiyani nazorat qilish va milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash uchun turli islohotlarni amalga oshirib kelmoqda. O‘zbek so‘mining kursi erkin suzuvchi bo‘lib, xalqaro valyuta bozoridagi talab va taklifga qarab o‘zgaradi. Markaziy bank milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash maqsadida intervensiyalar amalga oshirib borishi mumkin.