$
 12778.12
78.98
 14931.23
83.4
 164.01
1.85
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Kodlovchi qizlar: O‘zbekiston terma jamoasi Yevropani zabt etishga yo‘l oldi

Kodlovchi qizlar

O‘zbekistonlik maktab o‘quvchi qizlari informatika bo‘yicha Yevropa ayollar olimpiadasida qatnashish uchun Germaniyaga jo‘nab ketdi.

Informatika bo‘yicha Yevropa ayollar olimpiadasi

2025-yilning 14-20-iyul kunlari Germaniyaning Bonn shahrida informatika bo‘yicha Yevropa ayollar olimpiadasi (EGOI) o‘tkaziladi. Bu yil O‘zbekiston terma jamoasi yana bir bor nufuzli xalqaro musobaqada ishtirok etadi. Kecha, 14-iyul kuni Oysha Mirzatillayeva, Malika Xo‘jamuratova, Soliha Dagarova va Durdona Akramovadan iborat jamoa Raqamli texnologiyalar vazirligi vakillari hamrohligida Germaniyaga uchib ketdi.

Milliy terma jamoa uchun saralash qanday bo‘ldi?

Qizlarning EGOI sari yo‘li ketma-ket ikki yil davomida milliy saralash bosqichi vazifasini o‘tayotgan ICT4Girls olimpiadasida ishtirok etishdan boshlandi. Dasturlash, algoritmlar, jamoaviy ishlash va xalqaro darajaga chiqish: bularning barchasi mamlakatning barcha hududlaridagi maktab o‘quvchi qizlarini qamrab olgan ICT4Girls tufayli imkoniyatga aylandi.

Bu yil hududiy bosqichning 400 nafar ishtirokchisidan 43 nafari saralandi, so‘ngra eng yaxshi 12 nafari respublika bosqichi g‘olibi bo‘ldi. Yakuniy bosqich sport dasturlash bo‘yicha intensiv butkemp - ma’ruzalar, mashg‘ulotlar va olimpiada topshiriqlarini simulyatsiya qilishni o‘z ichiga olgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inidan iborat bo‘ldi. Aynan shu yerda milliy terma jamoaning to‘rt nafar a’zosi aniqlandi.

O‘zbekistonning EGOI’dagi muvaffaqiyatli debyuti

Ucell kompaniyasi ushbu ta’lim loyihasining ishonchli hamkoriga aylandi: ICT4Girls loyihasining barcha bosqichlarini tashkil etishni qo‘llab-quvvatladi, g‘oliblarga qimmatbaho sovg‘alar topshirdi hamda terma jamoaning xalqaro olimpiadaga tayyorgarligi va ishtirokini moliyalashtirishni o‘z zimmasiga oldi.

O‘zbekistonning EGOI’dagi muvaffaqiyatli debyuti 2024-yilda Niderlandiyada amalga oshdi. O‘sha paytda olimpiadada 56 mamlakatdan 195 nafar ishtirokchi qatnashdi. Ilk bor taqdim etilgan O‘zbekiston terma jamoasi, tarkibiga Zarnigor Rahimova (Buxoro), Soliha Dagarova (Samarqand), Malika Xo‘jamuratova (Qoraqalpog‘iston) va Oysha Mirzatillayeva (Toshkent) kirgan holda, ajoyib natija ko‘rsatdi: Zarnigor Rahimova bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Keyingi qadam – Germaniyadagi olimpiada

Ucell uchun ICT4Girls loyihasida ishtirok etish O‘zbekistonning raqamli kelajagini rivojlantirishga qo‘shilgan hissadir. Bu qizlar bugunning o‘zidayoq texnologiyalar stereotiplar haqida emas, balki bilim, o‘ziga ishonch va o‘sishga intilish haqida ekanligini namoyish etmoqdalar.

Keyingi qadam: Germaniyadagi olimpiadada munosib ishtirok etish. Ucell esa kelajakni yaqinlashtiruvchilar bilan hamqadam bo‘lishni davom ettirmoqda.

Теги :
Jamiyat