$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Davlat "sandig'i"ga kim ko'proq to'laydi?

Soliq

2024-yil yanvar-aprel oylarida 2 187 ta yirik soliq to‘lovchi tomonidan 32,9 trillion so‘mdan ortiq soliq tushumlari amalga oshirilgan.

Davlat ulushi mavjud va xususiy sektordagi soliq to‘lo'vchilar

O‘zbekistonda top-20 yirik soliq to‘lovchilar nomi maʼlum bo'ldi. Aniqlanishicha, 2024-yil yanvar-aprel oylarida 2 187 ta yirik soliq to‘lovchi tomonidan 32,9 trillion so‘mdan ortiq soliq tushumlari amalga oshirilgan. Shundan 16,2 trillion so‘mi davlat ulushi mavjud top-10 ta yirik soliq to‘lovchi hisobiga to‘g‘i keladi. Ushbu o‘nlikda soliq to‘lovlari bo‘yicha “Navoiy kon metallurgiya kombinati” yetakchilik qilmoqda – 7,7 trillion so‘mdan ziyod. 2,5 trillion so‘mdan ziyodrog‘i xususiy sektordagi top-10 yirik soliq to‘lovchilar hisobiga to‘g‘ri keladi. Mazkur reytingda “Uz BAT” – 843 milliard so‘m soliq tushumlarini amalga oshirgan holda eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan.

Qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi soliq to‘lo'vchilar

Avvalroq qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 33 090 ta yuridik shaxs tomonidan 2024-yil yanvar-mart oylarida 2,1 trln. so‘mdan ortiq soliq to‘lagani haqida xabar berilgandi. Shundan 262,8 mlrd. so‘mi, yaʼni 12,1 foizi 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri kelgan. Ma’lumot uchun, ushbu soliq to‘lovchilar tomonidan taʼminlangan tushumlar soliq turlari kesimida ajratib hisoblab chiqilgan edi: 

QQS - 133,4 mlrd. so‘m; 

JSHODS - 41,6 mlrd. so‘m; 

foyda solig‘i - 40,8 mlrd. so‘m; 

ijtimoiy soliq - 32,6 mlrd. so‘m;

mol-mulk solig‘i - 8,8 mlrd. so‘m; 

yer solig‘i - 5,2 mlrd. so‘m;

boshqa soliqlar - 0,3 mlrd. so‘m.

Soliq majburiyatlarining ixtiyoriy bajaralishi 

Shuningdek, Ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 65 204 ta yuridik shaxs tomonidan 2024-yilning yanvar-mart oylarida 8,6 trln. so‘mdan ziyod soliq to‘langani haqida ham ma’lumotlar berilgandi. Shundan 3,4 trln. so‘mi 20 ta soliq to‘lovchi hisobiga to‘g‘ri keladi. 2024-yil yanvar—mart oylarida respublika miqyosida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliq majburiyatlarining ixtiyoriy bajaralishi 96 foizni tashkil etdi. Bu borada eng yaxshi ko‘rsatkich yirik soliq to‘lovchilar, Toshkent shahrida qayd etildi — 97 foiz;