$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

2025-yilning yanvar oyida soliq auditi jami soliq toʻlovchilarning faqat 0,06 foizida oʻtkazilgan

soliq

Soliq xizmati organlari tomonidan soliqlarni toʻlamaslik xavfi yuqori boʻlgan 309 ta tadbirkorlik subyektida soliq auditi oʻtkazildi.

Soliq auditi

Soliq auditi – bu davlat soliq organlari yoki mustaqil auditorlar tomonidan korxona yoki tadbirkorning soliqqa oid hisobotlari, soliqlarni to‘lash tartibi va qonunchilik talablariga muvofiqligini tekshirish jarayonidir.

Soliq auditining maqsadi

Soliq qonunchiligi buzilishi va xatoliklarni aniqlash – bu soliq to‘lovchining xatolar yoki noqonuniy harakatlar tufayli noto‘g‘ri hisoblangan soliqlarini aniqlashga yordam beradi.

Soliqlarni to‘g‘ri hisoblash va to‘lash nazorati – davlat byudjetiga tushumlarni ta’minlash va yashirin daromadlarni aniqlash uchun amalga oshiriladi.

Sohalar kesimida o‘tkazilgan soliq auditlari

Hisob-kitoblarga qaraganda, 2025-yilning yanvar oyida soliq auditi jami soliq toʻlovchilarning faqat 0,06 foizida oʻtkazilgan.

Soliq xizmati organlari tomonidan soliqlarni toʻlamaslik xavfi yuqori boʻlgan 309 ta tadbirkorlik subyektida soliq auditi oʻtkazildi. Bu ushbu davrda faoliyat koʻrsatgan jami soliq toʻlovchilarning (527,1 ming) 0,06 foizini tashkil etadi.

Aniqlangan soliq xavfi summasi – 1,4 trln. soʻm;

Soliq auditida aniqlanlangan summa – 1,5 trln. soʻm. 

Soliq auditida aniqlangan summa sohalar kesimida:

savdo va umumiy ovqatlanish sohasida – 604,8 mlrd. soʻm (39,8foiz);

qishloq xoʻjaligi sohasida – 318,5 mlrd. soʻm (20,9 foiz);

qurilish sohasida – 267,2 mlrd. soʻm (17,6 foiz);

ishlab chiqarish sohasida – 188,9 mlrd. soʻm (12,4 foiz);

transport sohasida – 117,7 mlrd. soʻm (7,7 foiz);

xizmat koʻrsatish sohasida – 6,3 mlrd. soʻm (0,4 foiz);

boshqa sohalarda – 18,3 mlrd. soʻm (1,2 foiz).

Soliq auditlarida 3 trillion so‘mdan ortiq soliq bazasi yashirilgan

Shuningdek, oʻtkazilgan soliq auditlarida 191 ta soliq toʻlovchida 3 trln. soʻmdan ortiq soliq bazasi yashirilgan:

51 ta subyektda 308 mlrd. soʻmlik realizatsiya qilingan tovarlar summasi koʻrsatilmagan;

62 ta subyektda 1,1 trln. soʻmlik tovarlar inventarizatsiya paytida ombor yoki realizatsiya joyida mavjud boʻlmagan;

78 ta subyektda 1,6 trln. soʻmlik kirim qilinmagan tovarlar saqlangan va (yoki) realizatsiya qilingan.

Bugungi kunda aniqlangan soliq summalaridan toʻlov muddati kelgan 612,8 mlrd. soʻmning 176,1 mlrd. soʻmi (28,7 foiz) toʻlab berildi.

O‘tgan yilgi soliq auditi natijalari

2024-yil yanvar oyida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan oʻtkazilgan soliq auditlari natijalari quyidagicha boʻldi:

Aniqlangan soliq xavfi summasi: 1 951,2 milliard soʻm.

Soliq auditida aniqlangan umumiy summa: 2 681 milliard soʻm.

Sohalar kesimida aniqlangan summalar:

Savdo va umumiy ovqatlanish: 1 600 milliard soʻm (59,7 foiz).

Qurilish: 500 milliard soʻm (18,7 foiz).

Ishlab chiqarish: 300 milliard soʻm (11,2 foiz).

Xizmat koʻrsatish: 150 milliard soʻm (5,6 foiz).

Transport: 80 milliard soʻm (3 foiz).

Qishloq xoʻjaligi: 30 milliard soʻm (1,1 foiz).

Boshqa sohalar: 21 milliard soʻm (0,7 foiz).

Shuningdek, oʻtkazilgan auditlar davomida 300 ta soliq toʻlovchida jami 4 500 milliard soʻmlik soliq bazasi yashirilgani aniqlangan. Bugungi kunga kelib, aniqlangan soliq summalaridan toʻlov muddati kelgan 2 500 milliard soʻmning 600 milliard soʻmi (24 foiz) toʻlab berilgan.