Elektron xizmatlar sohasida to‘langan soliqlarning 99,9 foizi 10 ta xorijiy kompaniyalar hissasiga to‘g‘ri keladi
O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 63 ta xorijiy kompaniya tomonidan 2024-yilda O‘zbekistonga to‘langan soliqlari miqdori ochiqlandi.
Soliq to‘lovchi xorijiy 10 ta gigant kompaniya
Soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 63 ta xorijiy kompaniya tomonidan 2024-yilda 115,8 mlrd. so‘m soliq to‘langan. Bu 2023-yilga nisbatan 1,5 barobar ko‘p.
To‘langan soliqlarning 99,9 foizi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi quyidagi 10 ta xorijiy kompaniyalar hissasiga to‘g‘ri keladi:
— Meta- 41,7 mlrd. so‘m
— Google - 29 mlrd. so‘m;
— Apple - 27,3 mlrd. so‘m;
— Amazon - 4,1 mlrd. so‘m;
— Vooking.som - 3,6 mlrd. so‘m;
— Netflix - 1,4 mlrd. so‘m;
— Zoom - 1,4 mlrd. so‘m;
— Acca - 1,2 mlrd. so‘m;
— Xsolla- 966,7 mln. so‘m;
— TikTok - 903 mln. so‘m.
Soliq to‘lash muddati
Ma’lumot uchun, elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslari o‘tgan chorakdan keyingi oyning 20 kunidan kechiktirmay soliq hisobotlarini taqdim etadi va soliqlarni to‘laydi.