$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

9 oyda 72 mingdan ortiq soliq huquqbuzarliklari sodir etilgan

soliq

Joriy yilda 72 mingdan ortiq soliq huquqbuzarliklari sodir etilgan. Huquqbuzarlik haqida kelib tushgan murojaatlar asosida 26 ming 400 ta sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilgan.

Huquqbuzarlikning katta foizini xarid chekini bermaslik tashkil qilmoqda

Ma’lum qilinishicha, joriy yil boshidan soliq huquqbuzarliklari haqida 72 mingdan ortiq murojaat yo‘llangan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 72 ming 517 ta murojaat kelib tushgan.

Shundan:

66 ming 016 tasi xarid cheki bermaslik;

3 ming 352 tasi to‘lovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;

156 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;

2 ming 993 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha.

Holat haqida xabar bergan fuqarolarga 17,2 mlrd. so‘m mukofot berilgan

Ushbu murojaatlarning 39 ming 757 tasi takroriy bo‘lganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subyektida tekshiruv davom etayotganligi sababli ko‘rib chiqilmagan.

Shuningdek, murojaatlar asosida 26 ming 400 ta sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilib, 99,1 foiz holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.

Huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga 25 ming 870 ta holat bo‘yicha (undirilgan jarima summasidan 20 foiz) 17,2 milliard so‘m mukofot to‘langan.