$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

47 milliard so‘mlik soliq to‘lashdan qochgan “hamkorlar” aniqlandi

soliq va bojxona

Soliq organlari tomonidan o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxs va u bilan ishlagan korxonalarda 47 mlrd so‘mdan ortiq soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlari aniqlandi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Kirim hujjatlari mavjud emas

Xabarda keltirilishicha, kameral soliq tekshiruvi natijasida, o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxs maqomidagi fuqaro A.N bankda hisobraqam ochmasdan faoliyat yuritgani, bank operatsiyalarini amalga oshirmagani hamda soliq hisobotlarini taqdim etmagani maʼlum bo‘ldi.

U tomonidan to‘rtta yuridik shaxslarga realizatsiya qilingan, 120 mlrd so‘mdan ortiq qiymatdagi tovarlarning kirim hujjatlari mavjud bo‘lmagan.

Kirim hujjatlari mavjud bo‘lmagan tovarlarni realizatsiya qilgani hamda tovarlarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmalarini soliq hisobotlarida aks ettirilmagani sababli 31,2 mlrd. so‘mlik soliqlarni to‘lashdan qochgan.

Yuridik shaxslar ham soliqdan qochgan

O‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxsdan tovar sotib olgan yuridik shaxslarga nisbatan ham kameral soliq tekshiruvlari o‘tkazilib, 16 milliard so‘mlik soliq to‘lanmaganligi aniqlandi.

Tekshiruv materiallari huquqiy baho berish va tegishli choralar ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Soliq organlari faoliyatini raqamlashtirish va avtomatlashtirilgan axborot-tahlil tizimlarini joriy etish nafaqat ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, balki nopok tadbirkorlar tomonidan ishlatiladigan soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash sxemalarini aniqlash va tezkor chora koʻrish uchun asos yaratmoqda, – deyiladi xabarda.

Теги :
Iqtisodiyot