$
 12136.92
14.85
 14191.70
4.03
 159.99
3.6
weather
+26
Кечаси   +14°

Global tadqiqot: Smartfoni bo‘lgan 5-6 yoshdagi qizlarning 50%i suitsid haqida o‘ylaydi

smartfon

Bugungi kunda ko‘plab ota-onalar bolalariga erta yoshda smartfon berishni boshlaydi, ammo bu qarorning salbiy oqibatlarini o‘ylashmaydi. Olimlar 12 yoshda smartfonga ega bo‘lish bolalarda sog‘liq muammolariga olib kelishini aniqladilar. Yangi global tadqiqot natijalariga ko‘ra, 13 yoshdan oldin smartfon ishlatishni boshlagan bolalar katta bo‘lgach, ko‘proq tashvish, yolg‘izlik va o‘z joniga qasd qilish haqida o‘ylashadi. Tadqiqot mualliflari bu holat bolalarning ruhiy salomatligiga jiddiy xavf solishini ta’kidlaydi. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda psixologik muammolar tez-tez uchraydi, ayniqsa qizlar orasida tashvish va yolg‘izlik hissi yuqori bo‘ladi, ba’zan esa o‘z joniga qasd qilish fikri yuzaga keladi.

Qayd etilishicha, 13 yoshda telefon olgan bolalar ruhiy salomatlik bo‘yicha 30 ballga ega bo‘lishdi, lekin 5-6 yoshdan boshlaganlar deyarli nol ball olgan. Xususan, 5-6 yoshdagi qizlarning deyarli yarimi o‘z joniga qasd qilishni o‘ylagan. Bunday fikr 13 yoshga borib telefon olganlar orasida esa ancha kam bo‘lgan. O‘g‘illar orasida ham farq sezilarli bo‘lgan.

Bolalar psixik salomatligini qanday omillar yomonlashtiradi? 

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, bolalar uchun asosiysi telefonning o’zi emas, balki u orqali ijtimoiy tarmoqlarga kirishdir. Ayniqsa, sun’iy intellektga asoslangan algoritmlar yordamida ishlovchi tarmoqlar bolaning erta yoshda internet bilan tanishishi psixik muammolarning, jumladan kiberbullik, uyqu buzilishlari va oila aloqalarining yomonlashishining taxminan 40% sababidir.

Ingliz tilida so‘zlashadigan mamlakatlarda, masalan AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada va Avstraliyada bu holat ayniqsa xavotirli. Bu yerda bolalar 11 yoshida smartfonga ega bo‘lishadi, ijtimoiy tarmoqlar ta’siri esa keyinchalik psixologik muammolarni keltirib chiqaradi. Tadqiqotga ko‘ra, rasmiy yosh cheklovlari bo‘lsa-da, raqamli platformalar samarali to‘sqinlik qilmaydi va 13 yoshdan kichik bolalar ham bu tarmoqlarga kirish imkoniga ega.

Mutaxassislarning tavsiyalari

Tadqiqot mualliflari bolalarning smartfonlar va ijtimoiy tarmoqlarga erta kirishining oldini olish uchun ba’zi chora-tadbirlarni taklif qilmoqda. Ayniqsa, raqamli gigiyena bo‘yicha ta’limni maktab dasturlariga kiritishni, raqamli platformalarda foydalanuvchilarning yoshini qat’iy tekshirishni, shuningdek, 13 yoshga to‘lmagan bolalarga ijtimoiy tarmoqlarga kirishni taqiqlashni taklif qilmoqdalar.

Shuningdek, ular bolalarga mo‘ljallangan va internetga kirish imkoniyatiga ega bo‘lmagan alternativ qurilmalar bozorini rivojlantirishni ham muhim deb bilishadi. Profesor T’yagarajan, texnologiyalar juda tez rivojlanayotganini aytib, oldindan choralar ko‘rish kerakligini ta’kidlaydi va “ortiqcha ehtiyotkorlik” prinsipini qo‘llashni maslahat beradi.

Dunyo bo‘ylab ayrim davlatlar bu muammoni allaqachon tartibga solishmoqda. Masalan, Fransiyada boshlang‘ich va o‘rta maktablarda smartfonlardan foydalanish taqiqlangan. Xitoy esa bolalar va o‘smirlarning ekranda o‘tkazadigan vaqtini cheklashni majburiy qilgan. AQSHda ba’zi shtatlarda esa foydalanuvchilarning yoshini tekshirish va kompaniyalarni kontent uchun javobgarlikka tortish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.

Lekin, tadqiqotchilar faqat ota-onalar tomonidan qo‘llaniladigan individual choralarning o‘zi bu muammoni hal qila olmasligini ta’kidlashdi. Kelajakda ruhiy jihatdan zaif va ijtimoiy beqaror bo‘lgan avlodni o‘stirmaslik uchun tizimli yondashuv zarur.

Теги :
Jamiyat