$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Apple’ning eng arzon smartfoni taqdim etildi

smartfon

Apple kompaniyasi eng arzon smartfonlarining to‘rtinchi avlodi — iPhone 16E ni taqdim etdi.

Eng arzon smartfonlarning to‘rtinchi avlodi

iPhone 16E — so‘nggi turkumning to‘laqonli vakili. Narx toifasida u SE turkumi o‘rnini egallaydi (turkumning so‘nggi iPhone SE 3 smartfoni 2022-yilda chiqarilgan).

SE turkumidan farqi — iPhone 16E da barmoq skanerli “uyga” tugmasi yo‘q, uning o‘rniga Face ID ishlatiladi, smartfon diagonali 4,7 dan 6,1 dyuymga kattalashgan. Bu smartfon yon qismida to‘rtinchi avlodning boshqa modellaridagi singari “Harakat tugmasi” (Action Button) mavjud, unga istalgan vazifani biriktirish mumkin.

Smartfonning narxi 599 dollardan boshlanadi

iPhone 16E ning kamerasi bitta bo‘lib, 48 megapikselli, 4K formatda videotasvirlar olish mumkin. Operativ xotirasi hajmi 4 Gb dan 8 Gb gacha oshirilgan. Smartfonda Apple Intelligence platformasi sun’iy intellekt vositalari ishlaydi.

Qurilma ikki xil — qora va oq variantlarda taqdim etildi.

iPhone 16E narxi 599 dollardan boshlanadi. Qurilma 128 Gb, 256 Gb va 512 Gb ichki xotira versiyalarida chiqarilmoqda. Sotuvga 28-fevralda start beriladi, oldindan buyurtmalar esa 21-fevraldan boshlab qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun, Apple bugun yana bir yangi telefon modelini taqdim etishi kutilmoqda.  iPhone 17 Air deb nomlangan yangi model kompaniyaning eng yupqa smartfoni bo‘lishi kutilmoqda.