$
 12130.01
32.08
 14245.48
50.98
 153.04
1.27
weather
+26
Кечаси   +14°

2025-yilning eng yaxshi hamyonbop smartfoni qaysi?

smartfon

Hamyonbop smartfonlar haqida gap ketganda, ilgari ko‘pincha sifati pastroq bo‘lgan telefonlar ko‘z o‘ngimizga kelardi. Lekin 2025-yilda vaziyat o‘zgardi. Endi arzon telefonlar ham zamonaviy imkoniyatlar, yuqori sifatli kameralar va mustahkam batareyaga ega. Agar siz hamyonbop va sifatli telefon izlayotgan bo‘lsangiz, quyidagi modellarga e’tibor qarating.

Sun’iy intellekt va yuqori sifatli kamera

2025-yilda Google Pixel 9a eng yaxshi hamyonbop telefonlardan biri sifatida tan olindi. Taxminan $500 narxda bo‘lgan ushbu telefon kuchli sun’iy intellekt funksiyalari, yorqin displey va yuqori sifatli kamera bilan ajralib turadi. Tensor G4 protsessori uni kundalik foydalanish va sun’iy intellekt imkoniyatlari uchun ideal qiladi. 60 va 120 Hz orasida avtomatik almashadigan displey esa ko‘rishni yanada yaxshilaydi.

出色的电池续航时间和方便的尺寸- Google Pixel 9a 评测- Notebookcheck

Shaffof dizayn va kuchli batareya

Agar siz arzon va dizayni bilan ajralib turadigan telefon izlayotgan bo‘lsangiz, Nothing Phone 3a ajoyib variant bo‘lishi mumkin. Uning shaffof dizayni va yorqin AMOLED ekrani ko‘pchilikni o‘ziga jalb qiladi. Batareyasi 15 soatdan ortiq ishlaydi va kameralari optik zoomga ega telekamera bilan ta’minlangan.

Nothing Phone (3a) Set For March 4 Launch | Sarawak Tribune

Uzoq batareya muddati bilan

Agar siz uchun batareya quvvati birinchi o‘rinda bo‘lsa, Motorola Moto G Power 2025 juda yaxshi tanlov. 5 000 mA·soatlik batareyasi 1 marta quvvatlagandan so‘ng 17 soatgacha ishlaydi. Shuningdek, simsiz quvvatlash imkoniyati ham mavjud. Biroq kamerasi va unumdorligi jihatidan ba’zi kutgan natijalarni bermasligi mumkin.

Moto G series gets 2025 refresh including IP69, brighter displays

Katta batareya va yaxshi kamera

Motorola Moto G 2026 ham yaxshi tanlov. Uning batareyasi 19 soatgacha ishlaydi, bu esa uzoq vaqt davomida telefonni quvvatlamasdan ishlatishga imkon beradi. Kamerasi kutilganidan ancha yaxshi, lekin og‘ir o‘yinlar uchun mos emas. Dasturiy yangilanishlar muddati qisqa bo‘lishi uning kamchiliklaridan biridir.

Motorola Moto G (2026): 3 Things I Like and 2 That I Don't ...

Buklanadigan telefonni arzon narxda

Agar siz arzon narxdagi buklanadigan telefon izlayotgan bo‘lsangiz, Motorola Razr 2024 aynan siz uchun. Taxminan $599 narxda bo‘lgan bu telefon flip formatidagi eng arzon buklanadigan smartfonlardan biridir. Katta tashqi ekrani vlog va selfi olishda qulay, lekin batareyasi o‘rtacha ishlaydi.

Motorola Razr Plus 2024: Everything you need to know | Tom's Guide

Apple ishqibozlari uchun eng yaxshi variant

Apple ishqibozlari uchun iPhone 16e eng maqbul tanlov. $600 atrofida bo‘lgan bu modelda kuchli A18 protsessori, OLED ekran va Apple Intelligence funksiyalari mavjud. Kamera 48 megapikselli sensor bilan yuqori sifatli suratlar olish imkonini beradi. Apple ning iOS yangilanishlari uni uzoq yillar davomida yangilab turadi.

I Spent a Month With the iPhone 16E (And I'm Not Stopping There) | by Mark  Ellis | Mac O'Clock | Medium

 Samsung ixlosmandlari uchun

Samsung ixlosmandlari uchun Galaxy A56 ideal tanlovdir. Uch kamerali tizim, tezkor quvvatlash va yaxshilangan batareya bilan ushbu telefon uzoq muddat ishlashni ta’minlaydi. To‘liq Galaxy AI bo‘lmasa-da, Circle to Search va Object Eraser kabi aqlli funksiyalar mavjud. Old kamera sifati esa sezilarli darajada yaxshilangan.

Samsung Galaxy A56 5G review: Look and feel will win you over, but is it  enough? | Mint

Mutaxassislar mazkur arzon telefonlarni real ishlash, batareya muddati, unumdorlik va kamera sifati bo‘yicha bir necha kun davomida tekshirib chiqdi. Natijalarga ko‘ra, 2025-yildagi arzon smartfonlar ishonchli, qulay va uzoq muddat foydalanish uchun yetarli darajada rivojlangan.