$
 12957.01
-11.33
 13485.66
-6.6
 132.13
-0.19
weather
+26
Кечаси   +14°

18 yoshgacha bo‘lgan 4000 nafar o‘g‘il-qiz skrining bilan qamrab olinadi

skrining

O‘zbekistonda bolalar xirurgiyasini rivojlantirish borasida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilishi rejalashtirildi.

 Rejalashtirilgan ishlar

Respublika bolalar kam invaziv va endoskopik xirurgiya ilmiy-amaliy markazi direktori Bobir Abdusamatov ma’lum qilishicha, viloyat, tuman (shahar)larda 4000 nafar 18 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qiz skrining bilan qamrab olinib, jarrohlik patologiyasini bemorlarda erta bosqichda aniqlash ko‘rsatkichi oshirilishi belgilanmoqda.

Jumladan:

Bolalar xirurgiyasi muassasasining 13 nafar yuqori malakali mutaxassisi yil davomida doimiy ravishda hududlarga safarbar qilinadi.

Markazning o‘zida 6 ta diagnostika va 8 ta davolash usuli amaliyotga kiritiladi. Buning natijasida bemorlarning ortiqcha vaqt va mablag‘ sarflab xorijga, poytaxt va viloyatlar markazlariga qatnovi kamayadi.

Shuningdek, viloyat va tuman muassasalaridan 19, markazdan 4 nafar shifokor chet elda malaka oshiradi.

Bundan tashqari, mutaxassislar tomonidan 6 ta yo‘nalishda ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. 2 nafar xirurg doktorlik va nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi.

Jumladan, bolalarda anorektal malformatsiyalar, qizilo‘ngach kuyishdan keyingi stenozida rekonstruktiv jarrohlik amaliyotlari, jigar va o‘t yo‘llari tug‘ma hamda orttirilgan patologiyalarida jarrohlik amaliyotlari va kam invaziv usullarni o‘zlashtirishni maqsad qilingan.

Germaniya, Rossiya va Belarus davlatlaridan bolalar xirurgiyasi yo‘nalishida faoliyat olib boruvchi yetuk mutaxassislar tomonidan viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazlari hamda ushbu muassasada qo‘shma jarrohlik amaliyotlari va mahorat darslari o‘tkaziladi.

Chet ellik bemorlar soni oshiriladi

Muassasa va hududlarga jalb etiladigan chet ellik bemorlar soni 2 marta ko‘paytiriladi.

Shuningdek, raqamli va innovatsion texnologiyalar, teletibbiyot amaliyotga keng tatbiq etiladi.