$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Obodonlashtirish ishchilari sizlarga malay emas — Sirdaryo viloyati hokimi

Akmal Mahmudaliyev

Joriy yilning 4-may kuni Sirdaryo viloyati hokimi Akmal Mahmudaliyev Xovos tumani Karvonsaroy mahallasida bo‘lib, tomorqalardan unumli foydalanish, hududni obodonlashtirish borasidagi ishlar bilan tanishar chog‘i mahalladagi yo‘llarni, tomorqa va aholi xonadonlarini tozalashga obodonlashtirish xodimlari jalb qilinganini tanqid qildi.

Voqea haqida qisqacha

Ushbu videorolik viloyat hokimligi matbuot xizmatining rasmiy sahifasiga joylangan bo‘lib, unda Sirdaryo viloyati hokimi Akmal Mahmudaliyev Xovos tumani Karvonsaroy mahallasi raisini tanqid qilayotgani aks etgan. "Obodonlashtirish ishchilari sizlarga malay emas", deya qattiq dakki bergan hokim. “Rais buva tushuning, oriyat bo‘lishi kerak. Men sizning o‘rningizda bo‘lganimda obodonlashtirishga mahallamga kelmanglar, o‘zim qilaman derdim. Shirin shahar obodonlashtirishi kelib mahallangizning axlatini tozalab beryapti, oriyati yo‘qmi bu mahallaning kattalarini, odamlarining. Siz Shiringa borib tozalab berasizmi, hayotda qilmaysiz, nima qilasiz menga bunaqa "risovka"ni, qilsin ana xonadon egalari. Mehnatga layoqatlilari bormi?” — deydi mahalla raisga qarata viloyat hokimi.

"Boqimondalikka yo‘l ochib berish"

Hokim tozalanayotgan tomorqa egasi kim ekanligini surishtirarkan, qilingan ishni "boqimondalikka yo‘l ochib berish" deya baholaydi. “Nimaga ayollar ishlaydi, yoshi katta ayollar? Kimniki bu tomorqa, kimga berilgan, kim egasi? Nimaga chiqib qilmaydi u? Boring chaqiring, uyg‘oting hammasini. Boqimondalikka yo‘l ochib beryapsizlar”, — deydi hokim.

Akmal Mahmudaliyev chiqindilar uchun mashina qildirish kerak bo‘lsa, qildirib berishini bildirib, hammaga uylariga ruxsat berilishini aytib, voqea joyini tark etgan.