$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi Rossiyada xorijliklar 10 tadan ortiq sim-karta ishlatolmaydi

simkarta

Joriy yilning avgust oyidan boshlab Rossiya fuqarolari 20 tadan koʻp boʻlmagan, chet elliklar esa oʻndan ortiq boʻlmagan sim-karta olishlari mumkin boʻladi. Shu bilan birga, chet elliklar aloqa operatorlari ofislarida qayta identifikatsiyadan o’tmasa, ularning kartalari bloklanadi.

“Hozirgi kunga qadar jami 8,2 million raqamga ega boʻlgan 3,8 millionga yaqin chet el fuqarolari aloqa operatorlari ofislarida qayta identifikatsiyadan oʻtkazildi. Egalari belgilangan vaqtda ofislarga kelmagan va ma’lumotlar tekshiruvidan o‘tmagan 4,5 million SIM-karta bloklanadi”, — degan Roskomnadzor vakili “Spektr-2024” forumi chog‘ida jurnalistlarga.

Xorijiy fuqarolarni qayta identifikatsiya qilish noyabr oyi oxirigacha yakunlanishi kerak

Uning ta’kidlashicha, barcha xorijiy fuqarolarni qayta identifikatsiya qilish aloqa operatorlari bilan kelishilgan rejaga muvofiq amalga oshirilmoqda va noyabr oyi oxirigacha yakunlanishi kerak. Chet el fuqarolari bilan aloqa xizmatlarini ko’rsatish to’g’risidagi shartnoma faqat shaxsan va ularning ma’lumotlari

Yagona biometrik tizimda mavjud bo’lgan taqdirda tuzilishi mumkin.

Sentyabr-dekabr oylarida 600 mingga yaqin sim-karta bloklangan

Maʼlumot uchun, “Kommersant” aprel oyida noqonuniy SIM-kartalarni ommaviy bloklash boshlangani haqida xabar bergan edi. Roskomnadzor 2023-yil avgust oyida operatorlarga tegishli talabni bildira boshlagandi. Boshqarma maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan yilning sentyabr-dekabr oylarida qoidabuzarlik bilan chiqarilgan 600 mingga yaqin sim-karta bloklangan. Joriy yil boshidan beri yana 6,2 million sim-kartalar bloklangani xabar qilingan.

“Abonentlar haqidagi ma’lumotlarni yangilash jinoyatning, shu jumladan firibgarlikning oldini olish uchun juda zarur”, - deydi Roskomnadzor vakili.