$
 12968.34
-6.64
 13492.26
-48.43
 132.32
-0.74
weather
+26
Кечаси   +14°

“Shumaxer” avtobus haydovchisi jazolandi

avtobus

2025-yil 29-yanvar kuni “8-avtobus saroyi” mas’ul xodimi va avtobus haydovchisi o‘rtasidagi bahs tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda e’tiborni tortdi. “Toshshahartransxizmat” AJ ushbu holat yuzasidan munosabat bildirib, masalaga aniqlik kiritdi.

Aslida nima boʻlgan?

Qayd etilishicha, “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi avtobus saroylari filiallari haydovchilari tomonidan avtobusni boshqarish vaqtida sodir etilayotgan yo‘l harakati qoidabuzarliklari “Avtomatlashtirilgan tizimlar bo‘yicha avtobuslarning ishlarini monitoring va tahlil qilish” bo‘limi tomonidan aniqlanadi. Mazkur qoidabuzarliklar yuzasidan "Harakat xavfsizligini nazorat qilish boshqarmasi" xodimlari haydovchidan yozma ravishda tushuntirish xati olib, unga chora ko'rish bo'yicha avobus saroyi rahbariga taklif kiritadi. Mazkur taklifga asosan, avtobus saroyi filiali rahbarlarining ichki buyurug'i qabul qilinib, haydovchiga nisbatan tegishli tartibda intizomiy jazo qo'llaniladi.

2025-yil 28-yanvar kuni "8-Avtobus saroyi" filiali 82-sonli avtobus yo'nalishida ishlovchi haydovchi S.O bir guruh haydovchilar tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar bo‘yicha ularga nisbatan noqonuniy chora ko‘rilganligi yuzasidan harakat xavfsizligini nazorat qilish mas'ul xodimiga eʼtiroz bildirgan va o'zaro tortishuv kelib chiqqan.

 Intizomiy chora ko'rish bo'yicha taklif

 Maʼlumot uchun, jamiyatning 2023-yil 4-sentabrdagi “Avtobuslarda yo‘lovchilarni tashish xavfsizligini oshirish to‘g‘risi”gi 142-sonli buyrug‘ining 1-bandi talabiga asosan, 2023-yilning 5-sentyabr kunidan boshlab avtobuslarning yuqori chegaralangan harakat tezligi 50 km/soat etib begilangan.

82-sonli avtobus yo‘nalishi haydovchisi S.O mazkur buyruqning 1-bandi talabini buzib, avtobusni boshqarish vaqtida cheklangan 50 km/soat tezlikni 63 km/soatga oshirgani va ushbu qoidabuzarlik 3 marotaba (2024-yilning 27- va 30-dekabr hamda 2025-yil 8-yanvar kunlari) sodir etilganligi uchun, haydovchiga nisbatan intizomiy chora ko'rish bo'yicha, 8-avtobus saroyi filialiga biriktirilgan harakat xavfsizligini nazorat qilish xodimi tomonidan “8-avtobus saroyi rahbariga taklif kiritilgan.

Qanday jazo qoʻllanildi?

Rahbarning tegishli buyrug'iga bilan, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 312-moddasi 2-qismiga binoan, haydovchi S.Oning sodir etgan har bir qoidabuzarligi uchun 2025-yilning yanvar oyida unga nisbatan o‘rtacha oylik ish haqining 10%idan jami 30% miqdorida intizomiy jarima jazosi qo‘llanilgan.

Haydovchi S.Oga ko‘rilgan intizomiy jazo chora Jamiyatning 2023-yil 4-sentyabrdagi “Avtobuslarda yo‘lovchilarni tashish xavfsizligini oshirish to‘g‘risi”gi 142-sonli va 2024-yil 13-dekabrdagi “Avtobuslarda yo‘lovchilarni tashish xavfsizligini taʼminlash to‘g‘risida”gi 272-son buyrug‘i talablariga asosan amalga oshirilgan.

Haydovchi ishdan bo‘shatilmagan

“Toshshahartransxizmat” AJ rasmiy munosabatida ta’kidlanishicha, avtobus saroylarida intizomiy jazo qo‘llanilgan haydovchilarni ishdan bo‘shatish amaliyoti mavjud emas.

Теги :
Jamiyat