$
 12865.05
16.67
 13550.76
38.12
 116.73
-3.34
weather
+26
Кечаси   +14°

JSST: Shovqin inson salomatligi uchun yashirin xatar

shovqin

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti shovqinning inson hayotiga yomon ta’sirlari haqida ma’lumot berdi. Natijalar The Lancet ilmiy jurnalida chop etildi.

 8 soatlik shovqin foni yurak-qon tomir tizimi faoliyatini buzadi

Ma’lum qilinishicha, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tadqiqotchilari 85 dB (detsibel) dan yuqori sakkiz soatlik shovqin foni yurak-qon tomir va ovqat hazm qilish tizimlarining patologiyalarini qo‘zg‘atishi, shuningdek, miya va eshitish organlari o‘rtasidagi aloqani buzishi mumkinligini aniqladi. Shovqinning kuchayishi esa havoning ifloslanishi kabi atrof-muhitga halokatli ta’sir ko‘rsatish shakllaridan biri sifatida tan olingan.

Jarayonda tadqiqotchilar shovqinni havo orqali tarqaladigan va inson eshitishlari diapazonidagi tebranishlar deb ta’riflaydi. Qabul qilinadigan darajadan oshib ketadigan, ayniqsa uzoq vaqt davomida ta’sir qiladigan baland tovushlar sog‘liq uchun jiddiy xavf tug‘diradi.

Yevropada katta yoshlilarning har yettitasidan biri tinnitusdan aziyat chekadi

Ular tinnitus - miya va eshitish organlari o‘rtasidagi aloqani buzilishiga olib kelishi mumkin. Og‘ir holatlarda eshitishning to‘liq yo‘qolishiga olib keladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropada katta yoshlilarning har yettitasidan biri tinnitusdan aziyat chekadi.

Shuning bilan birga, eshitish bilan bog‘liq muammolardan tashqari, shovqinning balandligi yurak-qon tomir va ovqat hazm qilish tizimlariga ta’sir qiladi. Kuchli tovushlar tufayli uyqu buzilishi stress, asab tizimi bilan bog‘liq muammolar va immunitetning zaiflashishiga olib kelishi mumkin, bu surunkali kasalliklarning rivojlanish xavfini oshiradi.

O‘rganishlar so‘nggida sog‘likka salbiy ta’sirlarni kamaytirish uchun shaharlardagi shovqin darajasini pasaytirish va uyqu sharoitlarini yaxshilashga ko‘proq e’tibor berishga chaqirmoqda.