$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Hududlarda 2025 – 2030-yillarda bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratonini nazorat qilish dasturi amalga oshiriladi

shifokor

Prezidentning “Ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i qabul qilindi.

Mobil va statsionar mammograflar ishi 2 ta smenada tashkil etiladi

Unga muvofiq, 2025-yildan boshlab tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarga sog‘liqni saqlash tizimida maqbullashtiriladigan shtat birliklari hisobidan onkonazorat xonalari uchun akusher-ginekolog shifokori shtat birliklari kiritilmoqda. Shuningdek, mobil va statsionar mammograflar ishini 2 ta smenada tashkil etish uchun rentgen-laborantlar ajratiladi.

Shuningdek, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Mammografiya tasvirini o‘qish markazi tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida amalga oshiriladigan ko‘krak bezi saratoni bo‘yicha skrining natijalari ushbu markazning yagona riding tizimiga integratsiya qilinadi.

Joriy yildan Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida odam papilloma virusi diagnostikasi uchun qo‘llanadigan test tizimlari sifatini nazorat qilish bo‘yicha referens-laboratoriya faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.

Muhimi, saraton kasalligi nazorati sohasidagi loyihalarning amalga oshirilishini muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etildi va uning asosiy vazifalari belgilab berildi.

Onkonazorat xonalari zarur tibbiy jihozlar bilan ta’minlanadi

Shuning bilan birga, 2025 – 2030-yillarda bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratonini nazorat qilish dasturi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan o‘zaro muvofiqlashtirilgan holda sifatli amalga oshirilishi ta’minlanadi.

Bundan tashqari, 2025-yil 1-mayga qadar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining hududiy filiallarini polimeraza zanjirli reaksiya tekshiruvlarini o‘tkazish uchun tibbiy uskunalar, tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarining onkonazorat xonalarini zarur tibbiy jihozlar bilan ta’minlash ham ko‘zda tutilgan.