$
 12675.00
4.95
 13616.75
56.0
 138.36
0.36
weather
+26
Кечаси   +14°

Shahrisabz – 2024 — Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti turizm poytaxti

Shahrisabz

Hozirda Shahrizabz shahrida “Shahrisabz – Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti turizm poytaxti” xalqaro tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

“Plener” natijalariga bag‘ishlangan ko‘rgazma

Ikki kunga mo‘ljallangan tadbir doirasida, kuni kecha matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda, Shahrisabz shahriga “Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti turizm poytaxti” maqomi berilishi ahamiyati va kelajakda turizm sohasida kelajakda amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

Matbuot anjumanidan so‘ng IHTga a’zo davlatlarning yetakchi rassomlari ishtirokida “plener” natijalariga bag‘ishlangan ko‘rgazma taqdim qilindi.

Shu bilan birga, IHTga a’zo davlatlar oshpazlari ishtirokida “Shahrisabz pazandalik bellashuvi” xalqaro gastronomik festivali o‘tkazildi. Festivalda 30 ortiq oshpazlar o‘z milliy taomlari bilan qatnashdi.

Delegatsiya rahbarlari ishtirokida muhokama

Tadbirning ikkinchi kunida delegatsiya rahbarlari IHT Konsultativ kengashini tashkil qilish bo‘yicha maslahatlashuvlarda ishtirok etib, kengashning faoliyati va o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishdagi muhim masalalarni muhokama qildi. Shuningdek, xalqaro tadbir doirasida tashkilotga a’zo davlatlarning turizm sohasi rasmiylari ishtirokida ikki va ko‘p tomonlama uchrashuvlar o‘tkaziladi.

Etnosport va “International folk” festivali

Bundan tashqari, IHT davlatlaridan kelgan vakillar birinchi xalqaro etnosport o‘yinlari tomoshasi, “Oq Saroy” majmuasi bilan tanishishdi va u yerda etnosport o‘yinlari ishtirokchilarining faxriy yurishi bo‘lib o‘tdi.

Shu bilan birga, IHTga a’zo davlatlardan taklif etilgan folklor jamoalari ishtirokida “International folk” festivali o‘tkazildi. Unda har bir davlatning o‘z milliy an’analarini ochib beruvchi sahanalishtirilgan ko‘rgazmali chiqishlar hamda laparlar yig‘ilganlar hukmiga havola etildi.

B2B ushrashuvlar masalasi

Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida “Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bo‘ylab chegarasiz turizm” mavzusida plenar sessiya hamda B2B uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Xalqaro tadbir 2024 yilda – “Shahrisabz – Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti turizm poytaxti” maqomini topshirish tantanali marosimi – IHTga a’zo mamlakatlar yosh dizaynerlari ishtirokida “Modest fashion show” va sahnalashtirilgan madaniy konsert dasturi bilan yakunlanadi.