$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Bir qator shahar va shaharchalarning shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqiladi

Shaharsozlik

Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun joriy yilda davlat byudjetidan 172,5 mlrd. so‘m mablag‘ ajratiladi.

Qaror mazmuni

2023-yil 11-sentyabrdagi Prezident qaroriga asosan 2024-yilda 5 ta shahar, 48 ta shaharcha hamda 116 ta qishloq aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish belgilangan. Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun joriy yilda davlat byudjetidan 172,5 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan bo‘lib, o‘tgan birinchi chorak davomida aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish dasturi doirasida 51,8 mlrd. so‘m o‘zlashtirilgan. Xususan, 20 ta texnik-normativ hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqilishi rejalashtirilgan. 2024-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, milliy shaharsozlik normalari va qoidalarini xalqaro normativ va standartlarga uyg‘unlashtirish (moslashtirish) ishlari doirasida 29 ta texnik-normativ hujjat qayta ko‘rib chiqilgan.

Kengaytirilgan qo‘shma yig‘ilish

Bu masala haqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi hamda Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasining kengaytirilgan qo‘shma yig‘ilishida aytib o‘tildi. Unda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining “2024-yilning birinchi choragida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining bajarilishi holati yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi axboroti eshitildi. Vazirlik axborotida keltirilganidek, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish uchun 2024-yilda 287,5 mlrd. so‘m mablag‘ hisobidan yildan-yilga o‘tuvchi 11 ta va yangidan boshlanuvchi 4 ta, jami 15 ta loyihani amalga oshirish belgilangan. Hisobot davrida ushbu dastur doirasida 46,7 mlrd. so‘m miqdorda mablag‘lar moliyalashtirilgan.

Muhokamalar davomida deputatlar sohadagi ishlarni tanqidiy tahlil qilgan holda bir qator takliflar bildirdi. Davlat byudjetining maqsadli sarflanishiga alohida e’tibor qaratish, ajratilgan mablag‘lardan o‘z vaqtida samarali foydalanish lozimligini ta’kidladi.