$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda so‘z erkinligi yomon holatdaligicha qolmoqda

Senzura

Global Expression Report butun dunyo bo‘ylab so‘z va axborot erkinligi bo‘yicha o‘z tahlilini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston jahondagi 161 ta davlat ichida 132-pog‘onani band etdi. 

"Ahvolimiz yaxshi, lekin cho‘kyapmiz"

Britaniyada faoliyat olib boruvchi mazkur tashkilotning yangi e’lon qilingan hisobotda O‘zbekistonda so‘z erkinligi bilan bog‘liq vaziyat "inqirozli" deya baholangan. Unga ko‘ra, mamlakatda so‘z erkinligi darajasi Ruanda, Yaman, Burundi, Sudan va Kambodja bilan bir xil. Bu mavqe tashkilotning 2022-yil yakunlariga ko‘ra tuzilgan reytingiga nisbatan bir pog‘onaga yuqori bo‘lishiga qaramay, O‘zbekiston 10 ball bilan (o‘tgan yili 11 ball edi) hali-hamon “so‘z erkinligi inqirozga yuz tutgan” mamlakatlar qatorida turibdi. Reytingga muvofiq, O‘zbekiston so‘z erkinligi darajasi Qirg‘iziston (113-o‘rin) bilan Qozog‘istondagidan (120-o‘rin) ko‘ra yomonroq, Tojikiston (151-o‘rin) va Turkmanistondagidan (157-o‘rin) ko‘ra esa yaxshiroq holatda.

Eng yaxshi va yomon qaysi?

Tahlil nafaqat jurnalist yoki faollarning, balki barchaning so‘z erkinligi bo‘yicha imkoniyatlarini o‘z ichiga oladi. Hozirda dunyo aholisining yarmidan ko‘pi "so‘z erkinligi inqirozga uchragan mamlakatlar"da istiqomat qilmoqda. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yillardagi natijalardan yuqori. Dunyo aholisining atigi 23 foizi ochiq va so‘z erkinligi kamroq cheklangan davlatlarda istiqomat qiladi. Hisobotga ko‘ra, Daniya mazkur masalada eng erkin davlat hisoblanadi. Eng yopiq mamlakat esa Shimoliy Koreyadir. Avvalroq O‘zbekiston 2024-yil uchun matbuot erkinligi reytingida 148-o‘rinni egallagandi.