$
 12687.70
-7.17
 13790.26
23.94
 140.03
0.55
weather
+26
Кечаси   +14°

Selfi tushaman deb...

selfie

Bild nashri jurnalistlari aniqlashlaricha, 2014-yildan 2023-yilga qadar 49 mamlakatda selfi tushish payti 399 kishi halok bo‘lgan.

Shuning qariyb yarmi Hindistonga to‘g‘ri keladi — ko‘rsatilgan davrda 190 nafar hindistonlik selfi qurboniga aylangan. Keyingi o‘rinlarda katta farq bilan AQSh (29 nafar qurbon) va Rossiya (18).

Selfimaniya qurbonlari

Eng halokatli selfi Hindistonda bo‘lib o‘tdi:2022-yilda Hindistonning Jaypur shahri yaqinidagi Amber forti minorasida selfiga tushish payti chaqmoq urishi oqibatida bir paytning o‘zida 11 kishi halok bo‘lgan. 

2021-yilda esa Indoneziyada ko‘pchilik bo‘lib selfi tushish payti qayiq ag‘darilib ketib, 9 inson suvga g‘arq bo‘lgan. 2019-yilda yana Hindistonda 4 kishi selfimaniya qurboni bo‘lgan. Kelin-kuyov — Nivedita va Praxba hamda ularning qarindoshlari — Kanita, Snexa, Uvarani va Santosh to‘g‘onning yonginasida birga selfi-suratga tushmoqchi bo‘lgan. Nimadir bo‘lib, kuyovdan boshqa hammasi suvga yiqilib ketgan. Praxba suvga sakrab kelinchakni qutqarib qolgan, qolgan to‘rt kishi cho‘kib ketgan.

2017-yilda esa Braziliyada Santa-Katarina shtatining janubiy qirg‘og‘iga dam olish uchun tashrif buyurgan ikki sayyoh, ya’ni dengiz yonida selfi tushayotgan juftlik e’tiborsizligi oqibatida dengiz to‘lqinlarining kuchli zarbiga uchrab, suvga cho‘kib ketgan. Selfi tushaman deb qo‘lini sindirgan, vulqonga tushib ketgan, favvorani vayron qilgan, muzeydagi rasmga zarar yetkazgan insonlar ham yo‘q emas.

O‘zbekistonda ham shunaqasi bo‘lganmi?

Selfiga ishqibozlik oqibatida hayotdan erta ko‘z yumganlar, afsuski, O‘zbekistonda ham bor. Masalan, 2018-yilda Toshkentda maktabning 8-sinf o‘quvchisi, 2019-yilda esa Toshkentdagi kollej o‘quvchisi poyezd vagoniga chiqib selfi olishda yuqori kuchlanishli tok urib nobud bo‘lgan. 2019-yilda esa Toshkentda 14 yashar qiz uy derazasi oldida rasmga tushmoqchi bo‘lgan vaqtda binodan qulab, vafot etgan.

Bundan tashqari, selfi payti og‘ir tan jarohati olganlar ham O‘zbekistonda talaygina.

Теги :
Жамият