$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Qashqadaryoda sel oqizib ketgan haydovchi tirik qoldi

s 4 24

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog' tumanidan oqib o'tuvchi Kamarlisoyda avtomashinasi bilan selda oqib ketgan haydovchi tasvirlangan videolar tarqaldi.

Katta selda xasdek oqib ketgan mashina

20-aprel kunidagi yomg'irlar natijasida Kamarlisoy suvga to'lib, selni yuzaga keltirdi. Yomg'ir paytida ogohlantirish tufayli ortga qaytayotgan "damas" avtomashinasi haydovchisi esa to'satdan kuchli suv oqimiga duch kelgan va sel bilan birga, mashinada oqib ketgan. Avtomobilga tosh urilishi natijasida esa mashina ag'anab ketgan. 

Haydovchisi bilan birga suvda oqib borayotgan avtomobilning olingan tasvirlari esa ijtimoiy tarmoqlarda anchagina muhokalarga sabab bo'lgan.

800 metrgacha mashina bilan suvda oqib borgan

Haydovchining so'zlariga qaraganda, u 700-800 metr masofagacha mashina ichida qolib borgan. 

Suvda oqib borayotgan haydovchi, suvning katta quyiladigan va chuqur qismiga yetganida atrofda anchagina odamlar to'planib qolgan edi, ammo unga hechkim yordam bera olmasdi. 

Jarlikdan bo'lsa uni yashash instinkti qutqarib oldi. Sel suvlaridan bor kuchi bilan suzib chiqqach, unga atrofdagi odamlar yordam ko'rsatgan va shifoxonaga yetkazishgan.

3 ta qishloqqa borish uchun yagona yo'l

Selda oqib ketgan yigit-ku tirik qoldi, ammo eng asosiy savol shundaki, u nega soy kechib yurishga majbur bo'lgan edi?!

Javob esa juda oddiy, boshqa yo'l yo'q! Sel yuvib ketgan soy yo'lini hashar bilan ta'mirlayotgan odamlar bilan suhbatlashilganida aniq bo'lishicha, 3 qishloq odamlari shu soy yo'lidan foydalanishga majbur ekan, agar buni yo‘l deyish mumkin bo'lsa.

Bu birinchi bora yuz berayotgani yo'q

Soyda yuz berayotgan talofatlar bo'lsa birinchisi emas, bunga qadar ham ko'plab chorva mollari va boshqa narsalarni soy olib ketgan.

Holat o'rganilishga muhtoj bo'lib, muammo yechimi topilmasa bunday hodisalar yana yuz bermasligiga hechkim kafolat bera olmaydi. Axir qandaydir jiddiy hodisa yuz bermaguniga qadar bunday hodisalarga e'tibor qaratmaslik aqlsizlik.