$
 12720.00
-7.96
 13827.91
46.07
 140.04
0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

Anomal toshqinlar mavsumi: “raqamlar nima deydi?”

Sel

Mart-aprel oyi ko‘pchilik uchun “omadsiz” keldi, Qozog‘iston, Rossiya va hatto yurtimizning bir necha hududlari suv toshqiniga uchradi, “injiq” tabiat va yomon infratuzilmalar tufayli xalq bundan jabr ko‘rmoqda.

100 000 nafarga yaqin odam evakuatsiya qilindi

Qishda yog‘gan qorlarning erishni boshlashi natijasida Qozog‘iston kuchli suv toshqinlari boshlandi, bu mamlakat tarixida so‘nggi 70 yillikdagi eng katta “suv bo‘roni” ekanligi aytilmoqda. Qo‘shnilarimiz aprelni shunday kutib oldi, ma’lumotlarga ko‘ra bir necha kun ichida mamlakatning 9 viloyati(Aqto‘be, Qo‘stanay, G‘arbiy Qozog‘iston, Aqmola, Qarag‘anda, Atirau, Pavlodar, Shimoliy Qozog‘iston va Ulitov viloyatlari)da 97 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilingan.

Prezident hammasi “nazorat ostida” ekanligini ta’kidladi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayev aholidan norasmiy manbalarga ishonmaslikni so‘radi. Davlat rahbari o‘z murojaatida, hammasi nazorat ostida, barcha kuch tuzilmalar talafotlarning salbiy oqibatlarini kamaytirish uchun joylarga safarbar qilingan, talafot zararlari to‘liq qoplab beriladi, kabilarni aytib o‘tdi. Undan tashqari prezident hali hammasi “oldinda” ekanligini, qor to‘liq erib bitmaganini, bundanam yomonroq vaziyatlarga tayyor turish kerakligini eslatdi.

Orenburg suv ostida qoldi

Qozog‘istondagi toshqin qo‘shnilarni ham ayab o‘tirmadi, suv miqdorining oshib ketishi natijasida Yevropaning uchinchi eng katta daryosi bo‘lgan Uralning suv sathi oshib ketdi. Natijada 550 000 aholisi bo‘lgan Orenburg viloyati suv ostida qolib ketdi, hududdan 7 700 kishi evakuatsiya qilindi. Hududga 35 tonnalik yordam – oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa kerakli ehtiyojlar olib kelingan. Undan tashqari Tobol daryosi sathining ko‘tarilib ketishi natijasida Qo‘rg‘on viloyati ham suv ostida qolgan, bu yerdan ham 4500 kishi evakuatsiya qilingan.

Orskda suv chekina boshladi

Orsk shahar meri Vasiliy Kozupitsa o‘z Telegram kanalida Ural sathi 956 santimetrdan 39 santimetr pastlab, 928 santimetrga yetganligini bildirdi. Ayni paytda shahardagi 260 ta ko‘chada 6 929 ta uy suv ostida, 45 ta uyni suv “tark etgan”. Shaharda 15 ta vaqtinchalik yordam turar joy majmualari qurilib, u yerda 1 485 kishi, jumladan 242b nafar bola jon saqlab qolmoqda, shahardan esa jami 2 493 kishi(797 nafar bola) evakuatsiya qilingan.

Ikkala davlat ham aybni bir-birining bo‘yniga qo‘ymoqda

Rossiyada bahorgi suv toshqinlari anchayin odatiy holat, qahraton qish muzliklarni vujudga keltiradi, bahorda esa ular odatiy sellarni paydo qiladi. Ammo so‘nggi yillarda Qozog‘istondagi oqova suvlar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligini aytilmoqda, Ural viloyati vakili Vladimir Yakushev ushbu sabab tufayli Qozog‘iston bu uchun aybdor ekanligini aytmoqda. Qozog‘istonliklar esa ikki davlatda ham o‘zaro ikki tomonga oqadigan ko‘plab daryolar borligini, bu suvlarning aksari esa shimoldan oqib kelgan ekanligini ta’kidlashdan charchamayapti.

O‘zimizda nima gaplar?

Mart oyining so‘nggi o‘n kunligida Surxondaryoda ham suv toshqini yuz berdi. 21-mart kuni Qumqo‘rg‘on tumanida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida yuzaga kelgan toshqinda “Elobod” mahallasida 2 ta ko‘cha va 47 xonadon aziyat chekkan bo‘lsa, “Azlarsoy” mahallasida 5 ta ko‘cha va 56 xonadonga shikast yetgan. Bu hududlarda yashaydigan 360 nafar fuqaro boshqa, xavfsiz joyga ko‘chirilgan. Undan tashqari bugungi kuchli yomg‘irlar natijasida Parkent tumani ham sel ostida qolmoqda.

Теги :
Жамият