$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston va Qozog‘iston orasida temiryo‘l sayohat dasturi yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilindi

sayohat

Qozog‘istonda “Ipak yo‘li” temir yo‘l sayohati yo‘nalishi yo‘lga qo‘yiladi. “Olmaota — Turkiston — Toshkent — Olmaota” yo‘nalishi bo‘yicha birinchi reys 2024-yil 16-noyabr kuni yo‘lga chiqadi, deya xabar berdi Qozog‘iston Turizm va sport vazirligi.

Temiryo‘l sayohati tarkibiga, gid hamrohligi, ovqatlanish va boshqa xizmatlar ham kiritilgan

 “4 kunlik xalqaro temiryo‘l sayohati sayyohlarga qadimiy shaharlar atmosferasiga sho‘ng‘ish va Buyuk Ipak yo‘li izlari bo‘ylab sayohat qilish imkonini beradi. Yo‘nalish Turkiston va Toshkentning asosiy diqqatga sazovor joylarini qamrab oladi. Sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida tur dasturiga gid hamrohligi, ovqatlanish, transport xizmatlari va kirish chiptalari kiritilgan”, — deyiladi xabarda.

“Birgalikda olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida biz ikki davlatni bog‘laydigan noyob temiryo‘l sayohatini yaratishga muvaffaq bo‘ldik. Boy ma’naviy va tarixiy merosni o‘rganishni xohlovchi boshqa mamlakatlardan kelgan fuqarolar va sayyohlarimiz uchun sayohat yanada qulay va ommabop bo‘ladi. Bu Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida turizmni rivojlantirish va madaniy aloqalarni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi”, — dedi Qozog‘iston turizm va sport vaziri o‘rinbosari Yerjan Yerkinbayev.

Sayyohlar Markaziy Osiyoning qadimiy madaniy shaharlarini yaqindan ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishadi

Shuningdek, sayohatchilar Markaziy Osiyoning eng qadimiy shaharlaridan biri — muhim savdo tarmog‘i bo‘lgan O‘trorni ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

Sayohat dasturidan Ariston-bobo maqbarasi, “Hazrat Sulton” tarixiy-madaniy qo‘riqxona-muzeyi, Markaziy Osiyodagi eng yirik “Karvonsaroy” sayyohlik majmuasiga tashrif buyurish ham o‘rin olgan. Toshkentda ekskursiya ishtirokchilariga nafaqat tarixiy joylar, balki shaharning zamonaviy taraqqiyoti bilan ham yaqindan tanishish imkoniyati yaratilmoqda.