$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Endilikda O‘zbekistonning tarixiy-madaniy shaharlariga virtual sayohat qilish mumkin

sayohat

Samarqand, Buxoro, Toshkent va Termiz shaharlarini virtual ko‘rish imkoni paydo bo‘ladi. Bu loyiha Toshkentda davom etayotgan xalqaro madaniy meros haftaligi doirasida ma’lum qilingani aytildi.

Ibn Battuta nigohi ostida qadimgi Turon bo‘ylab sayohat

Ma’lum bo‘lishicha, Toshkentda davom etayotgan xalqaro madaniy meros haftaligi 120 ming kilometrdan ortiq yo‘lni bosib o‘tgan marokashlik Ibn Battuta umrining 30 yilini sayohatga bag‘ishlagan.

Ushbu asosda taniqli sayohatchi Ibn Battutaning O‘zbekiston hududidagi sarguzashtlari, bosib o‘tgan yo‘li, ko‘rgan shaharlari me’morchiligi va urbanistikasiga bag‘ishlangan zamonaviy texnologiyalar asosidagi interaktiv media ko‘rgazma tashkil etiladi. Ekspozitsiyada Battuta nigohi bilan Samarqand, Buxoro, Toshkent va Termiz shaharlarini virtula ko‘rish imkonini taqdim etishi aytilmoqda.

Tarixning kelajakdagi hamkorlikka ta’sir qiluvchi nuqtasi

Bu haqida Buyuk Britaniyadan Ibn Battuta xalqaro madaniyatlararo tadqiqotlar markazi direktori Abbas Panakkal ma’lum qildi:

– Hozir siz dunyoda eng muhim muzey Islom sivilizatsiyasi muzeyini qurish ostonasidasiz. Bu muzey tadqiqotchilarni islomning yashiringan durdonalarini ochishga undamoqda. Siz monitorda Arab sayyohi va tarixchi Ibn Battuta Markaziy Osiyoning qaysi shaharlari bo‘ylab sayohat qilgani haqida ma’lumot beruvchi xaritani ko‘ryapsiz. U mashxur Samarqand qog‘ozi, hudud tabiati, odamlarining turmush tarzi, hatto ko‘rinishlari haqida yozib qoldirgan.

Daryolar haqida yozar ekan, Jayxunni kesib o‘tganini aytadi. Biz avgust oyida o‘tkazilgan kongressda Islom sivilizatsiyasi markazi bilan memorandum imzoladik. Uning asosida Ibn Batutta sayohatlariga doir ekspozitsiyani markaz muzeyida tashkil etish, Zamonaviy texnologiyalar asosida Ibn Battuta nigohidagi shaharlarni ko‘rsatib berishni rejalashtiryapmiz.

Panakkalning ta’kidlashicha, bu borada O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bilan kelishuvga erishilgan.