$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Partiyalar gender tenglik borasidagi qonunchilikka amal qilyaptimi?

gender

Shu yil 27-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan parlament va mahalliy Kengash deputatlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari qizg‘in kechmoqda. Mamlakatimizdagi har bir siyosiy partiya parlament quyi palatasi deputatligiga o‘z nomzodlarini ko‘rsatdi. 

Xususan, partiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga bir mandatli okruglar (majoritar tizim) bo‘yicha 75 nafar, partiyaviy ro‘yxat (proporsional tizim) bo‘yicha 100 nafar, jami 175 nafardan nomzodlar ilgari surildi. 

Kamida 40 foiz

Qayd etish lozimki, saylov qonunchiligiga ko‘ra, ayollarning soni siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan deputatlikka nomzodlar umumiy sonining kamida 40 foizini tashkil etishi kerak. Xo‘sh, ushbu nomzodlar orasida ayollar necha foizni tashkil etmoqda?  

Ko‘rsatilgan nomzodlar ichida ayollar ulushi

Partiyalardan ko‘rsatilgan nomzodlar ichida ayollar ulushi quyidagicha:

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasida – 43 foiz;

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasida – 43,4 foiz;

O‘zbekiston Ekologik partiyasida – 44,6 foiz;

Xalq demokratik partiyasida – 47,4 foiz;

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasida – 45 foiz.  

O‘tgan saylovlardagi natija

Shu o‘rinda qayd etish lozimki, 2019-yilgi saylovda parlamentning quyi palatasiga 48 nafar ayol deputat saylanib, deputatlar umumiy sonining 32 foizini, Senatda esa 25 foizini tashkil etgan edi.

Теги :
Jamiyat