$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

11 milliardlik savdo aylanmasi

Savdo aylanmasi

Markaziy Osiyo mamlakatlari ichidagi savdo aylanmasi 11 mlrd. dollardan oshdi.

5 yilda 11 mlrd.

Markaziy Osiyo mamlakatlari orasidagi savdo va tovar ayirboshlash aylanmasi so‘nggi besh yilda(2019-2024) 11 milliard dollarga yetgan. Bu ma’lumotni Qozog‘istonning savdo va integratsiya vaziri Arman Shakkaliyev aytib o‘tdi.

Markaziy Osiyo forumi

Ushbu ma’lumot Markaziy Osiyo mamlakatlarining savdo siyosati bo‘yicha ikkinchi forumida Shakkaliyev tomonidan aytildi. Ushbu forum Jahon savdo tashkiloti(JST) homiyligida Osiyo taraqqiyot banki(OST), Xalqaro savdo markazi(XSM) va Qozog‘iston hukumati ishtirokida o‘tkazildi.

20 yilda 6 foizlik o‘sish

Forum davomidan vazirning birinchi o‘rinbosari Ayjan Bijanova raqamlarga to‘xtalib o‘tib, mintaqadagi yalpi ichki mahsulotning o‘sishi so‘nggi yigirma yil ichida 6,2 foizga o‘sganligi bildirdi. Ushbu raqamlar 350 milliard dollarlik ko‘rsatkichdan oshgan. Undan tashqari, Bijanova Qozog‘iston xalqaro savdodagi o‘rnini yanada mustahkamlash uchun Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish kerakligini ham ta’kidlab o‘tdi.