O‘zbekiston dengizga chiqishi mumkin
O‘zbekistonning dengizga to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqa olmasligi uning tashqi savdoda va iqtisodiyotda rivojlanishini cheklaydi. O‘zbekiston mahsulotlarini Qozog‘iston portlari orqali tashish masalalari muhokama qilindi.
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning dengizga to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqa olmasligi uning tashqi savdoda va iqtisodiyotda rivojlanishini cheklaydi. O‘zbekiston mahsulotlarini Qozog‘iston portlari orqali tashish masalalari muhokama qilindi.
"Quriq port"
Ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekiston bosh konsuli Jamoliddin Abdukarimov Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatidagi "Quriq port" bosh direktori Serik Axmetov bilan uchrashgan. "Quriq port"ni kelgusida rivojlantirish uchun bir qator infratuzilma loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan, shu jumladan portda "Sarja" ko‘p funksiyali dengiz terminali qurilishi yakunlanmoqda. Ushbu transport-logistika markazi loyihasi don va ko‘p funksiyali terminallar va umumiy yuk terminallari qurilishini o‘z ichiga oladi. Bu portning yuk o‘tkazuvchanlik imkoniyatini sezilarli darajada oshiradi", degan u. Qozog‘iston tomoni o‘zbekistonlik eksportchilar murojaatlarini qabul qilish va ular bilan yaqindan ishlashga tayyorligini bildirgan.
Umumiy muammolar
Dengizga to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqa olmaydigan mamlakatlar ko‘pincha tashqi savdo va iqtisodiy rivojlanishda qiyinchiliklarga duch keladi, chunki ularda transportirovka va logistika masalalarida cheklovlar bor. Dengizga chiqa olmaslik tashqi savdoni qiyinlashtiradi. Bu mamlakatlar asosan temir yo‘l, avtomobil va havo transportiga ishongan, bu esa tashish xarajatlarini oshiradi. Dengizlar orqali savdo arzon va keng hajmdagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi.



