$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Nobud bo'layotgan 7 ming yillik tarix

 Sarmishsoy

Madaniy meros agentligi axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlardagi Sarmishsoy va uning hududi bilan bog‘liq yetti ming yillik tarix insoniyat ko‘z oldida vayron bo‘lishi mumukin mazmunidagi xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat berdi.

Sarmishsoy muzey-qo'riqxonasi

Ma’lumki, «Sarmishsoy» davlat muzey-qo‘riqxonasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 maydagi «Sarmishsoy», «Shahrisabz», «Termiz» va «Qo‘qon» davlat muzey-qo‘riqxonalari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etilgan. Navoiy viloyati Navbahor tuman hokimining 2009-yil 14 iyuldagi tegishli qarori binoan tuman kadastri tomonidan 5000 ga maydon muzey-qo‘riqxona uchun alohida belgilab berilgan.

Qazishma uchun berilgan Sarmishsoy

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-martdagi «Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qaroriga asosan 2019 yilda «Sarmishsoy» davlat muzey-qo‘riqxona hududidan qimmatbaho metallarni ajratib olishda oltin izlovchilarga yer ajratib berilgan va qazishma ishlari olib borilgan.

Qayta belgilangan chegara hududlar

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-martdagi «Moddiy madaniy meros ob’yektlari va YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlar muhofazasini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorining 11-ilovasiga asosan ushbu muzey-qo‘riqxonasining qo‘riqlanadigan tegralarining chegaralari qayta belgilandi. "Hozirgi vaqtda «Sarmishsoy» davlat muzey-qo‘riqxonasi hududidan oltin qazib olish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarga yer maydonlarini ajratib berish holatlari mavjud emas", - deyiladi munosabatda.