$
 12933.16
-14.94
 14719.23
23.14
 158.28
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Saratonga qarshi kurashish xususiyatlari bo‘lgan zamburug‘ topildi

zamburug‘

Olimlar “The Last of Us” serialidagi korditseps zamburug‘ining haqiqiy turi, Cordyceps militarisni o‘rganib, uning saratonga qarshi xususiyatlarini aniqlashdi

Zamburug‘ rak hujayralarining o‘sishini to‘xtatadi

Ma’lum qilinishicha, korditsepin deb atalgan birikma rak hujayralarining o‘sishini to‘xtatib, ularning yoyilishini cheklashga yordam beradi. Bunday ta’sir mexanizmlari, asosan, hujayra ichidagi energiya va signal yo‘llarini “vzlom qilish” bilan bog‘liq. Shuning bilan birga, korditsepin sog‘lom to‘qimalarga zarar yetkazmaydi. Bu esa uni an’anaviy davolash usullaridan farqli ravishda xavfsizroq qiladi. 

Kashfiyot kelajakda tibbiyotda inqilob yasashi mumkin

Zamburug‘ asosida yangi dorilar ishlab chiqish istiqbollari hozirda jadal o‘rganilmoqda. Ular yomon ta’sirlarsiz, yuqori samarali terapiyalar sifatida rakka qarshi kurashda katta rol o‘ynashi mumkin. Bu kashfiyot kelgusida onkologiya sohasidagi davolash usullarini inqilob qilishga zamin yaratishi aytilyapti.