$
 12137.10
-50.58
 14307.21
-59.63
 158.53
-0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

SI yordamchi, kuchli himoya, tezkor quvvatlash: Galaxy S26’da nimalar o‘zgardi?

samsung

Samsung yangi Galaxy S26 seriyasini taqdim etdi. Kompaniya bu modelni hozirgacha yaratilgan eng aqlli Galaxy telefoni deb atamoqda. Yangi telefon kundalik ishlarni osonroq bajarish uchun ishlab chiqilgan. Galaxy S26 foydalanuvchiga rejalar tuzish, ma’lumot izlash, suratga olish va ularni tahrirlashda yordam beradi. Ko‘p jarayonlar telefonning o‘zida, orqa fonda bajariladi. Inson esa faqat natijani ko‘radi. S26, S26+ va S26 Ultra Samsung’ning uchinchi avlod sun’iy intellektli telefonlari hisoblanadi.

Bu seriyada tez ishlaydigan tizim, kuchli kamera va Galaxy AI birgalikda ishlaydi. Kompaniya xavfsizlik va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishga ham katta e’tibor bergan. Galaxy S26 Ultra modeli alohida e’tiborga loyiq. Unda dunyoda birinchi marta o‘rnatilgan maxfiylik displeyi bor. Bu ekran ma’lumotlarni begona ko‘zlardan himoya qiladi. Ya’ni yon tomondan qaragan odamlar uchun displey qora ko‘rinadi. Ushbu funksiyani butun ekranda yoki masalan, faqat parolni kiritish maydonida faollashtirish mumkin. Shuningdek, yangi chip va yaxshilangan sovitish tizimi tufayli sun’iy intellekt yanada tez va kuchli ishlaydi. Shu bilan birga, Ultra modeli avvalgilariga qaraganda ingichkaroq. Samsung vakillarining aytishicha, kuchli telefon bir vaqtning o‘zida qulay ham bo‘lishi kerak. Galaxy S26 aynan shuni maqsad qilgan. Telefon ko‘p ishni o‘zi bajaradi, foydalanuvchi esa kamroq harakat qiladi va ko‘proq vaqtini tejaydi.

Kundalik hayot uchun kuchli telefon

Galaxy S26 seriyasi kundalik foydalanish uchun yanada kuchli qilib ishlab chiqilgan. Bu Galaxy S turkumidagi eng qudratli telefonlardan biri. Unda maxsus moslashtirilgan chip ishlatilgan. Telefon sun’iy intellekt, energiya tejamkorlik va sovitish tizimi bilan yaxshi uyg‘unlashgan. Shu sabab og‘ir vazifalar ham bemalol bajariladi.

Galaxy S26 Ultra modelida yangi Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori bor. Bu telefonni tezroq va barqarorroq ishlashiga yordam beradi. Protsessor tezligi 19 foizga oshirilgan. Bu degani, telefon tezroq javob beradi va bir vaqtning o‘zida bir nechta ishni muammosiz bajaradi.

Sun’iy intellekt uchun javob beradigan tizim ham kuchaytirilgan. U 39 foizga tezroq ishlaydi. Bu esa Galaxy SI funksiyalarining silliq ishlashini ta’minlaydi. Grafik tizimi ham 24 foizga yaxshilangan. O‘yinlar yanada ravon, tasvirlar esa aniqroq ko‘rinadi. Telefon qizib ketmasligi uchun sovitish tizimi ham yangilangan. Issiqlik kengroq maydonga tarqaladi. O‘yin o‘ynaganda yoki video yozganda ham telefon qizib ketmaydi. Yana bir qulay tomoni tez quvvatlanishidir. Galaxy S26 Ultra 30 daqiqada 75 foizgacha quvvat oladi. Bu juda qulay. Samsung tasvir sifatiga ham e’tibor bergan. ProScaler texnologiyasi rasmlar va videolarni tiniqroq ko‘rsatadi. Ranglar esa yanada tabiiy va jonli ko‘rinadi.

Galaxy’ning ilg‘or kamera tizimi

Galaxy S26’da kamera ancha kuchaygan. Suratga olish, tahrirlash va ulashish endi oson. Hech qanday maxsus dastur kerak emas — hammasi telefon ichida. Galaxy S26 Ultra qorong‘i joyda ham tiniq surat oladi. Yaqinlashtirganda ham mayda detallar yo‘qolmaydi. Nightography funksiyasi tufayli kechasi ham video yorqin va ravshan chiqadi. Super Steady esa harakat paytida ham videoni silliq qiladi.

Selfi kamerasi ham yaxshilangan. Teri rangi tabiiyroq ko‘rinadi. Sun’iy intellekt yordamida suratni o‘zgartirish juda oson: kunduzni tun qilish, rasmga biror narsa qo‘shish yoki hatto kiyim rangini o‘zgartirish mumkin. Hammasini bosqichma-bosqich ko‘rib, istasa bekor qilish ham bo‘ladi. Creative Studio orqali stiker yoki fon rasmi yaratish mumkin. Document Scan esa hujjatlarni toza qilib skaner qiladi va bir nechta rasmni bitta PDF’ga jamlaydi.

Eng qulay va aqlli Galaxy SI tajribasi

Galaxy S26 kundalik ishlarni ancha yengillashtiradi. Telefon ko‘p narsani o‘zi bajaradi, siz esa ortiqcha bosqichlarga vaqt sarflamaysiz. Galaxy SI nima qilmoqchi ekaningizni tushunadi va tezroq natija beradi. Masalan, do‘stingiz safardagi rasmlarni so‘rasa, telefon kerakli suratlarni o‘zi taklif qiladi. Agar uchrashuv haqida xabar kelsa, kalendaringizni tekshiradi va boshqa reja bilan to‘qnashuv borligini aytadi.

Now Brief kun davomida muhim eslatmalarni chiqaradi. Bronlar, safar yoki uchrashuvlarni eslatib turadi. Circle to Search esa rasm ichidagi bir nechta narsani birdaniga topa oladi — kiyimdan tortib poyabzalgacha. Bixby bilan oddiy gaplashish kifoya, murakkab buyruq kerak emas. Shuningdek, Gemini va Perplexity yordamchilari ham bor. Bir tugma yoki ovoz bilan bir nechta ishni bajarish mumkin.

Sun’iy intellekt davrida kuchli himoya

Galaxy S26 seriyasida asosiy urg‘u — xavfsizlik va qulaylikka berilgan. Telefon sun’iy intellekt bilan ishlaydi, lekin sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz himoyada qoladi. Galaxy S26 Ultra’da maxsus maxfiylik ekrani bor. Yon tomondan qaraganda boshqalar ekranni ko‘ra olmaydi, siz esa hammasini aniq ko‘rasiz. Parol yoki PIN kiritayotganda bu funksiya avtomatik yoqilishi mumkin.

Telefon noma’lum qo‘ng‘iroqlarni aniqlab beradi va ilovalar ortiqcha ma’lumot so‘rasa ogohlantiradi. Galereyada esa “Private Album” bilan rasmlarni yashirish mumkin. Knox xavfsizlik tizimi ma’lumotlarni shifrlaydi va alohida himoyalaydi. Eng muhimi, Galaxy S26 7 yil davomida xavfsizlik yangilanishlarini oladi. Yangi Galaxy Buds4 quloqchinlari bilan esa ko‘p narsani ovoz orqali boshqarish mumkin. Oldindan buyurtma qilganlar Buds4’ni 10% chegirma bilan oladi.

Narxi va sotuv sanasi

Galaxy S26 Ultra, S26+ va S26 modellari 25-fevraldan oldindan buyurtmaga chiqadi. Telefonlar 11-martdan sotuvga chiqariladi. Barcha modellarning dizayni bir xil uslubda yaratilgan. Ranglari umumiy Cobalt Violet, White, Black va Sky Blue. Samsung.com’da esa maxsus ranglar — Pink Gold va Silver Shadow ham bor.

Narxlar quyidagicha boshlanadi:

Galaxy S26 – 1 170 dollar (256GB)

Galaxy S26+ – 1 470 dollar (256GB)

Galaxy S26 Ultra – 1 710 dollar

Oldindan buyurtma qilganlar uchun maxsus takliflar bor. Galaxy S26 Ultra 1TB versiyasiga 230 dollar chegirma beriladi. Shuningdek, 256GB narxiga 512GB xotira olish mumkin. Bu ham 230 dollarlik foyda degani. Eski telefonni topshirib ham chegirma olish mumkin. Galaxy S26 uchun 580 dollargacha, S26+ uchun 685 dollarcha, S26 Ultra uchun esa 760 dollargacha chegirma beriladi. Qo‘shimcha xizmatlar, to‘lov imkoniyatlari va boshqa takliflar haqida samsung.com saytida ma’lumot olish mumkin.

Yangi Galaxy Club nima?

Samsung yangi Galaxy Club dasturini taqdim etdi. Bu mijozlar uchun qulay yangilash tizimi. Galaxy S26 olganlar telefonini 12–15 oy ichida yangisiga almashtirsa, Samsung qurilma narxining 50 foizini qaytaradi. Shuningdek, Samsung Care+ himoya xizmati ham qo‘shiladi. Telefonni 24 oyga 0% foiz bilan bo‘lib to‘lash ham mumkin.

Samsung Care+ himoyasi

Galaxy S26 olgan mijozlar Samsung Care+ xizmatini tanlashi mumkin. Bu Samsung’ning rasmiy himoya dasturi hisoblanadi. U 17 ta Yevropa davlatida mavjud. Samsung Care+ orqali tasodifiy shikastlanishlar uchun cheklanmagan ta’mirlash xizmati, qulay servis markaziga murojaat qilish, kengaytirilgan kafolat, shuningdek o‘g‘irlik yoki yo‘qotishdan himoya kabi xizmatlar taqdim etiladi. Bu foydalanuvchilarga xotirjamlik beradi. Batafsil ma’lumotni Samsung’ning rasmiy saytida — samsung.com orqali olish mumkin.

Теги :
Jamiyat