$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Vahshiylashib borayotgan avlod

Samosud

Samarqandda maktab bolasi samosud qilindi. Vaziyat yuzasidan ma’lumot berildi. Samarqand viloyatida Pastdarg‘om tumanida 15-may kuni voyaga yetmagan, 9-sinf o‘quvchisi B.S 30 yoshli A.Q tomonidan samosud qilingan.

Singilni "himoya qilgan" aka

Bolalar ombudsmani ishga aralashib, vaziyatni to‘liq o‘rganib chiqdi. Unga ko‘ra, Pastdarg‘om tumani 20-maktab 9-sinf o‘quvchisi 6-sinf o‘quvchi qizi A.Q ga sevgi izhor qilgan, qizning akasi bu holatdan xabar topib, uning "ta’zirini" bergan. Vahshiy aka "dars berib qo‘yish" maqsadida bolani o‘z uyiga olib kirib, bolaning sochini olib tashlagan hamda qoshini kuydirgan. 

Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ushbu ish yuzasidan jabrlanuvchining onasi sudga ariza yozgan. Mazkur voqea yuzasidan tergov ishlari boshlanib, Jinoyat Kodeksining 105-moddasi 1-qismi - qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.