$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Noyob qon guruhi sog’lik uchun xatarli bo‘lishi mumkin

qon guruhi

Qon guruhlari bu tananing salomatligi uchun xizmat qiluvchi nafas yo‘llariga qiyoslanadi. Biroq shunday qon guruhi ham borki u salomatlikka salbiy ta’sir qilishi mumkin. Garvard universiteti tadqiqotchilari qon guruhlarining inson salomatligiga ta’sirini tahlil qilishdi. Natijalarga ko‘ra IV manfiy Rh qon guruhi sog‘liq uchun xavfni oshirishi mumkinligi aniqlandi.

To‘rtinchi salbiy qon guruhining tashuvchilari saraton rivojlanish xavfini oshirishi mumkin

Ma’lum qilinishicha, ushbu qon guruhi juda kam bo‘lib, dunyo aholisining atigi 8 foizidagina mavjud. Olimlar ushbu qon guruhiga ega bo‘lgan odamlarda boshqa qon guruhiga ega bo‘lgan odamlarga qaraganda ko‘proq sog‘liq muammolariga duch kelishini aniqladilar.

Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, to‘rtinchi salbiy qon guruhining tashuvchilari saraton rivojlanish xavfini oshirishi mumkin. Bundan tashqari, ular homilador bo‘lish va farzand ko‘rishda qiyinchiliklarga duch kelishadi.

IV qon guruhga mansub odamlarning immuniteti boshqa odamlarnikiga qaraganda ancha zaif

Shuningdek, olimlar yosh bilan bog‘liq kognitiv funksiyalarga alohida e’tibor berishdi. Ma’lum bo‘lishicha, IV qon guruhi bo‘lgan odamlarda boshqa guruhlarga nisbatan demans rivojlanish xavfi 82 foizga yuqori. Ularda keksa yoshdagi xotira va fikrlash bilan bog‘liq muammolar tez-tez kuzatilgan.

Mutaxassislarning fikriga qaraganda, to‘rtinchi salbiy qon guruhining egalari odatda zaif immunitetga ega. Bu esa ularni turli kasalliklarga, jumladan, yurak-qon tomir, ovqat hazm qilish va endokrin kasalliklarga ko‘proq moyil qiladi.

Ammo, tadqiqotchilar qon guruhi sog‘lig‘iga ta’sir qiluvchi omillardan biri ekanligini ta’kidlashdi. Turmush tarzi, ovqatlanish, jismoniy faollik va kasalliklarning o‘z vaqtida oldini olish ham sog‘liqni saqlashda bir xil darajada muhim rol o‘ynaydi.