$
 12803.06
26.0
 13902.84
-17.77
 131.84
0.4
weather
+26
Кечаси   +14°

Joriy yilda 2,7 mln. nafar o'zbekistonliklar turistik maqsad bilan chet elga chiqqan

yo

Statistika agentligining ma'lumotlariga qaraganda, 2024-yilning yanvar-iyun oylarida 2,7 mln. nafar o'zbekistonliklar turistik maqsad bilan chet elgan tashrif buyurgan.

Bu natija esa o'tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 701,9 ming nafarga oshgan.

Eng ko'p o'zbek Qirg'izstonga ketgan

Shuningdek joriy yilning 6 oyida O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining turistik maqsadlarda eng ko'p tashrif buyurgan mamlakatlari quyidagilar:

Qirg'iz Respublikasi – 1 251,5 ming nafar;

Tojikiston – 560,6 ming nafar;

Qozog'iston – 420 ming nafar;

Rossiya – 122 ming nafar;

Saudiya Arabistoni – 104, 6 ming nafar;

Turkiya – 91,8 ming nafar;

BAA – 62,6 ming nafar;

Misr – 17,6 ming nafar;

Quvayt– 16,7 ming nafar;

Janubiy Koreya – 10 ming nafar;

Boshqa davlatlar – 73,1 ming nafar.