$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Ruhiy nosog‘lom bemorni mazax qilgan xodimlar ishdan olindi

Ombudsman

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyida yashaydigan ruhiy nosog‘lom ayolning ustidan mazax qilingani haqidagi xabarlar tarqaldi.

Video oshxona xodimlarining telegram gruppasiga tashlangan

Aniqlanishicha, ayolni mazax qilgan xodimalar ushbu muassasaga autsorsing asosida xizmat ko‘rsatadigan tadbirkorlik subyektida ishlagan. Ular muassasa hududida erkin sayr qilib yurgan Ya.S.ni shifokor, hamshira va kichik tibbiy xodimlar (enaga) ruxsatisiz oshxona binosiga olib kirib, ruhiy holatini bila turib mazax qilishgan. Mazkur olingan video tasvir oshxonada ishlovchi xodimlarning telegram gruppasiga tashlagan.

"Uyimga joʻnating"

S.Ya.da aqli zaiflikning og‘ir darajasi sababli xulq-atvor buzilishi bilan kechuvchi ruhiy holat tez-tez kuzatiladi. Ayol doimiy ravishda yaqin qarindoshlarini eslab uyimga jo‘nating yoki chaqirib bering deb yig‘lash holatlari yuzaga keladi. 

Internat rahbari murojaat qilgan

2024-yil 17-may kuni Sirdaryo “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi rahbari Sirdaryo tumani Ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilib, X.M. va Sh.O.larning xatti-harakatiga O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risidagi” qonunning 3 va 4-moddalari yuzasidan qonuniy chora ko‘rishlik bo‘yicha murojaat qilgan.

Xodimlarning mehnat shartnomasi bekor qilindi

Maʼlum qilinishicha, xodimalar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan va ular vazifasidan ozod qilingan.

Hozirgi kunda Sirdaryo tumani IIB tomonidan holat yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Ombudsman mintaqaviy vakili S.Ya. va uning shifokori bilan suhbatlashganda kayfiyati va ruhiy holati yaxshi ekani maʼlum bo‘ldi.