$
 12900.00
-20.16
 14595.06
-86.12
 157.32
-1.29
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

San’atga ixtisoslashuv: Sun’iy intellektning rassom roboti chizgan surat 120 ming dollarga sotilishi mumkin

Aida

Engineered Arts kompaniyasining mutaxassislari tomonidan yaratilgan sun’iy intellektning rassom roboti chizgan surat 120 ming dollarga sotilishi mumkin. Mutaxasssislarning ta’kidlashicha, san’atda bu kabi innovativ yondashuvlar robotlar va insonlarning hamkorlikda yaratuvchilikni rivojlantirishi mumkin.

SI kelajakda rassomlarga non qoldirmaydimi?

Ma’lum qilinishicha, Ai-Da — sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda ijodiy suratlar chizishga qodir bo‘lgan ilk ultrarealistik rassom-robot. Unga Eydan Meller va Engineered Arts kompaniyasining mutaxassislari tomonidan hayot bag‘ishlangan.

Ai-Da nomi buyuk ingliz matematigi va dasturchi Ada Lavleysning sharafiga berilgan bo‘lib, robot surat chizish jarayonida ham intellektual, ham mexanik ko‘nikmalardan foydalanadi. Robotning maxsus sensorlar va kameralar bilan jihozlangan ko’zlari obyektlarni “ko‘rish” va analiz qilish imkoniyatini beradi, keyin esa sun’iy intellekt algoritmlari orqali bu ma’lumotlarni san’at asariga aylantiradi.

Shuningdek, Ai-Da tomonidan chizilgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda va san’at galereyalarida keng ommalashib, dunyoning turli burchaklaridagi san’at ishqibozlari diqqatini tortyapti. Uning yaratgan asarlari 120 ming dollargacha sotilishi mumkin, bu esa sun’iy intellekt texnologiyalarining ijodiy sohadagi nufuzini yana bir bor tasdiqlaydi. San’atda bu kabi innovativ yondashuvlar robotlar va insonlarning hamkorlikda yaratuvchilikni rivojlantirishi mumkinligini ko‘rsatyapti.

Inson va SI zakovatining omixtalashuvi

Ai-Da’ning ilk qadamlari sun’iy intellektga asoslangan ijodiy jarayonlarga yo‘l ochishini, kelajakda robotlar san’atga qanday hissa qo‘shishi mumkinligini ko‘rsatib bermoqda. Inson san’atining haddan tashqari realistik ko‘rinishdagi asarlariga bo‘lgan qiziqish va sun’iy intellekt bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan yangi san’at turlarining kelajakdagi ahamiyati ayni shu kabi ijodiy yo‘nalishlar orqali yanada kengayib boryapti.