$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Eng “xavfli” ijtimoiy tarmoqlar ma’lum qilindi

tarmoq

Global ijtimoiy tarmoqlarning qaysilari foydalanuvchilar haqida ko‘proq ma’lumot yig‘ishi va saqlashi ma’lum qilindi. Bu ishni Amerikaning Incogni kompaniyasi tahlilchilari amalga oshirdi. Ular “Ijtimoiy tarmoqlarning maxfiy reytingi — 2024” jadvalini tuzib chiqishdi.

14 ta mezon

Baholash 5 ta toifadagi 14 ta mezonda bo‘lgan. Eng tepadan 15 ta ijtimoiy tarmoq, messenjer, jumladan Telegram, WhatsApp, Facebook, Discord, Youtube va boshqalar joy olgan. Bu mezonlar orasida qoidabuzarliklar, ma’lumotlarni yig‘ish va saqlash, shaffoflik hamda maxfiylikni boshqarish qulayligi kabilar mavjud.

Foydalanuvchilar haqida eng ko‘p ma’lumot to‘playdigan ijtimoiy tarmoqlar:

  • Facebook — maxfiylik darajasiga 20 balldan 18,9 ball berilgan (ballar qancha past bo‘lsa, shuncha yaxshi);
  • Facebook Messenger — 16,5 ball;
  • LinkedIn — 16,3 ball;
  • Instagram — 15,8 ball;
  • X (Twitter) — 15,2 ball.

Foydalanuvchilar haqida eng kam ma’lumotni Reddit, Snapchat, Pinterest va Discord platformalari to‘playdi.

Qoidabuzarliklar eng ko‘p sodir bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlar

Ma’lumot sizib chiqishi holatlari va qoidabuzarliklar eng ko‘p sodir bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlar:

  • LinkedIn;     
  • Facebook;
  • X;
  • Whatsapp;
  • Snapchat.

Discord, Telegram va Reddit servislarida esa ma’lumot sizib chiqishi kamroq kuzatilgan.

Eng shaffof va qulay

Mutaxassislar shuningdek, Telegram va Discord ma’lumotlarni boshqarishning eng shaffof va qulay usullarini taklif etishini aniqladi. Bunda Telegram foydalanuvchi akkaunti o‘chirilgandan so‘ng ma’lumotlarni juda tez o‘chirib yuborishi bilan boshqalardan ajralib turdi. LinkedIn va X eng qattiq maxfiylik sozlamalariga ega, biroq ikkala platforma ham maxfiylik uchun katta xavf tug‘dirmoqda.

Теги :
Jamiyat