$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Ekoinspektorlar va huquqbuzarlardan o‘zbekcha “Forsaj”

saksovul

Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi boshqarmasi tomonidan saksovul o‘simliklari kesilishining oldini olish maqsadida nazorat reyd tadbirlari davom ettirilmoqda. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni himoya qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.

Jami 25 ta huquqbuzarlik

Xususan, viloyatning cho‘l hududlarida sentyabr-oktyabr oylari davomida o‘tkazilgan reydlar davomida jami 25 ta huquqbuzarlik holati aniqlangan. Holatlar yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. 

25 ta holatda tabiatga 29 million 702 ming 400 som zarar yetkazilganligi hisoblangan va 222 million 900 ming som jarima tayinlangan. Huquqbuzarlar jami 252 million 602 ming 400 so‘m tovon to‘lashi belgilangan.

Reydlar doimiy o‘tkazilmoqda

Takidlash joizki, Ekologiya vazirligi va vazirlikning hududiy boshqarmalari tomonidan respublikamizning barcha hududlarida saksovullarning noqonuniy kesilishiga qarshi reyd tadbirlari doimiy tarzda o‘tkazilmoqda. Bu boradagi har qanday huquqbuzarlik qatiy qonuniy javobgarlikka sabab bo‘ladi, - deyiladi xabarda.

Теги :
Jamiyat