$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Noqonuniy tekshirish oʻtkazgan tashkilotlarning 23 nafar xodimi javobgarlikka tortildi

amaldor hokim mansabdor

Surxondaryo viloyati prokuraturasi organlari tomonidan oʻtgan davr mobaynida tashqi savdo, investitsiyalar va tadbirkorlik sohalarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat sohasida bir qator ishar amalga oshirildi. https://t.me/uzbprokuratura/49717

1 444 ta ish oʻrinlari saqlab qolindi

Xususan, faoliyatini vaqtincha toʻxtatgan 652 ta tadbirkorlarning faoliyati tiklanib, 1 444 ta ish oʻrinlari saqlab qolindi.

Tadbirkorlar bilan 288 marotaba uchrashuv oʻtkazilib, 1 316 nafar tadbirkorning muammosi bartaraf etilgan holda ularning huquqlari tiklangan.

Javobgarlikka tortilgan xodimlar

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlarida 254 ta holatda noqonuniy tekshirishlar oʻtkazgan nazorat qiluvchi organlarning 23 nafar xodimlari ma'muriy javobgarlikka tortildi.

Investitsiya loyihalarini ishga tushirilishida va xorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirishda yoʻl qoʻygan qonunbuzilishi holatlari boʻyicha 16 nafar mas'ul shaxslar intizomiy javobgarlikka tortildi.

“Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda”, - deyiladi xabarda.